Andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Download 2,83 Mb.
bet121/253
Sana18.07.2021
Hajmi2,83 Mb.
#122906
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   253
Bog'liq
3 ИАТ КТМ мажмуа 2019-2020

Ta’limni demokratlaShtirish insonparvarlaShtirishning natijasi hisoblanadi va pedagogik jarayon qatnaShchilarining huquqlarini kengaytirishni bildiradi. Bu eng avvalo talabalarga turli-tuman ta’limiy xizmatlar spektrini, ta’lim olishning alternativ shakllarini (yakka, eksternat, masofadan o’qish va h. k. ), ta’lim muassasalarida ro’y beradigan tashkiliy muammolarni yechishda talabalarning rolini oShirish, ularning o’z-o’zini boShqarishni rivojlantirishda namoyon bo’ladi.

Bu tendensiyaning namoyon bo’lishi o’qitishni yakkalashtirish va differensiallashtirishdan kelib chiqadi. U kursni erkin tanlaSh, o’qitishning yakka yo’llari va usullari vositasida amalga oShiriladi.

Kasb ta’limi olib boriladigan mutaxassisliklarni, o’quv reja va dasturlarni aniqlashda o’quv muassasasining huquqlari ancha kengaytirilmoqda. Shu bilan birga demokratlaShtirish Sharoitida kasbiy ta’lim tizimida ro’y beradigan havflarni hisobga olish zarur. Har qanday davlatning ta’lim tizimida ikkita ob’ektiv tendensiya mavjud. Birinchisi har bir inson uchun ta’limning bir xilligi evaziga erishiladigan teng ta’limiy imkoniyatlarni ta’minlaShdan iborat bo’ladi. Ikkinchisi esa Shaxsning individual qiziqishlari va talablarini qondirishni ta’minlaydigan turli-tuman va variativ ta’limga bo’lgan ehtiyojlar bilan bog’liq.

Sobiq Sovet ta’lim tizimi asosan birxillik tamoyilida qurilgan bo’lib, bir tomonda ijtimoiy tenglik, ikkinchi tomondan – «o’rtacha» o’quvchi va «o’rtacha» ishchini tayyorlaSh uchun real maqsad va vazifalarga ega bo’lgan.

Ikkinchi tendensiya amerikacha ta’lim tizimida yaqqolroq namoyon bo’ladi. Uning pedagogik jarayonni demokratlashtirish va insonparvarlashtirishdan iborat bo’lgan pozitiv ahamiyatini ko’rsatib, uni tadbiq qilishda paydo bo’ladigan muammo va kamchiliklarni ham hisobga olish zarur. Amerikalik pedagoglar predmetlarni erkin tanlaSh, tavlat ta’lim standartlarining yo’qligi Sharoitida ta’limning umumiy darajasi borayotganligi to’g’risida tashvish bildirmoqdalar. Ularning fikricha amerikacha ta’lim tizimi qiyShiq daraxtga o’xShaSh mutaxassislarni tayyorlab beradi, bitta yo’nalishda cho’zilgan, biroq boShqa yo’nalishda rivojlanmagan va kesib qo’yilgan.

Bizning tizimda bunday havfning oldini olish uchun o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari kiritilgan bo’lib, u kasbiy tayyorgarlik sifatini ta’minlab beradi.



Integratsiya tendensiyasi talabaga tez o’zgarayotgan ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida erkin ko’chib yurish, muvaffaqiyatli ijtimoiylashish va madaniyatga kirishni ta’minlaydigan integrallaShgan kasbiy ta’lim olish uchun maksimal imkoniyatlar yaratish zaruriyati bilan bog’liqdir.

Mutaxassilar professional faoliyati ba’zi turlarining integratsiyasi faoliyat sohasi va mutaxassisliklar sonining qisqarishiga olib keldi. Mutaxassisliklar integratsiyasining quyidagi darajalari ajratiladi: umumishlab chiqarish, umumtarmoq va umumkasbiy.

Integratsiyani amalga oshirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:


  • mutaxassis o’zini kasbiy faoliyatning turli sohalari va u bilan qo’shni bo’lgan faoliyatda sinab ko’radi va ishlaydi;

  • dunyo va mehnat sohasining yaxlit manzarasini shakllantirish uchun sharoit yaratadi;

  • professionalning hodisalarni ularning barcha o’zaro aloqalarida tasavvur qilishga imkon beradigan tizimli fikrlaShini rivojlantiradi;

  • Shaxsning yaxlit (ijtimoiy, jismoniy, ma’naviy, intellektual) rivojlanishini ta’minlaydi;

  • o’qishning amaliy faoliyat bilan, ishlab chiqarishning fan bilan aloqasini o’rnatadi;

  • talabalarga ortiqcha yuklama berish muammosini hal qiladi.

Alohida olingan kurslar, mashg’ulotlar darajasida integratsiya xarakteri turlicha bo’lishi mumkin: qo’shni fanlarni birlashtirishga asoslangan integratsiya; turli sohalardagi (fan, texnika, san’at) bilimlar integratsiyasi; maxsus fanlar nazariy kurslari bilan amaliy kurslarning integratsiyasi.

Shu bilan birga integrallaShning turli usullarini ham ajratish mumkin:

fanlararo – asosiy fanni o’qitishda boShqa predmetlar bo’yicha bilimlar talab qilinadi;

koordinatsiya – kursni o’rganishda o’qituvchi boShqa bilimlar sohasiga e’tibor qaratadi;

fanlararo o’quv va ishlab chiqarish muammolarni va turli fanlardan olingan materiallar asosida ularning yechimini izlash.

Kasbiy ta’limda ushbu tendensiyaning paydo bo’lishi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyat xarakterining murakkablashib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish sharoitlarining shiddat bilan o’zgarib borishi, zamonaviy texnologiyalar va fanning jadal rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u o’quvchilarning maksimal rivojlanishi, mashaqqatli intellektual va amaliy faoliyatga tayyorligi bilan bog’liq.

Intensifikatsiyani kasbiy ta’lim jarayonini tizimli takomillashtirish asosida kasbiy tayyorgarlikning maksimal samaradorligiga erishish sifatida qarash mumkin. Ushbu tendensiya shaxs va jamiyatning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini, balki ular taraqqiyotining psixologik-pedagogik va mediko-fiziologik jihatlarini ham aks ettiradi. Uning asosida psixologlarning shaxsni intensiv rivojlantirish sharoitlari haqidagi tasavvurlari yotadi.

Intensifikatsiya tendensiyasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:



  • talabalar hayotining ijtimoiy zichligi;

  • o’quv mehnatining intensifikatsiyasi, talabalarni faol ijodiy faoliyatga undaytigan yuqori qiyinchilik darajasida, zo’riqish suratida o’qish;

  • o’quv materiali nazariy darajasining oshishi, unga predmetlar, vositalar, mehnat mahsuli haqidagi umumlashgan bilimlarni kiritish;

  • talabalarning tizimli va produktiv tafakkurini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadigan ta’limning Yangi texnologiyalarini tadbiq qilish;

  • talabalarni zamonaviy kompyuter vositalari va avtomatlashgan tizimlar bilan ishlaShga tayyorlaSh;

  • talabalarning ish qobiliyatini va o’qishga bo’lgan qiziqishini oshiradigan o’qitishning forma va metodlari, texnik vositalar va EHM larning maqbul birikmasi.


Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish