Vazifasi: mutaxassislarni tayyorlaSh sifati bo’yicha qulay talablarni o’rnatish; ko’nikma va malakalarni baholash va nazorat qilish mezonlarini belgilovchi hamda kasbiy faoliyatni o’zlaShtirish bosqichiga qo’yiladigan mos talablarni o’rnatuvchi o’quv-me’yoriy hujjatlarni yaratish; xalqaro standart talablariga mos DTS talablarini uyғun ta’minlaShdan iborat.
O’MKHT Davlat ta’lim standartlarining asosiy tamoyillari:
uzluksizlik va uzviylik;
mamlakatning ijtimoiy va iqgisodiy rivojlanishini, fan, texnika va Yangi texnologiyalar rivojlanishi istiqbollarini, xalqaro standartlar darajasining hozirgi zamon holatini hisobga olish;
ishlab chiqarish, fan va ta’lim integratsiyasi;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsad va vazifalarini amalga oShirish.
«O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari»ning asosiy komponentlari
O’zbekiston Respublikasi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari uchta komponentdan va ularning tarkibiga kiradigan strukturalardan iborat.
Quyida har bir komponentning mazmuni yoritilgan:
1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari «Asosiy qoidalari» — O’MKHT mazmuni va tizimiga, mutaxassislarni tayyorlaSh uchun ishlab chiqilgan o’quv rejalari va tarmoq ta’lim standartlariga, ularni realizatsiya qilish Sharoitlariga, o’quv yuklamasi va boShqa me’yoriy hujjatlarga qo’yilgan umumiy talablarni belgilaydi.
2. O’MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo’yilgan talablar — standartni modernizatsiya qilishning asosi hisoblanadi. Bitiruvchilarga qo’yilgan talablarga kasbiy mahoratning to’liq mujassamlanganligini, ya’ni bilim, ko’nikma va malakalarning, universal bilimlarning to’liq sistemasi hamda u yoki bu faoliyat turida bitiruvchining mustaqil qobiliyatini namoyon etishda Shaxsiy mas’uliyat va tajribaga ega bo’lishni ta’minlaSh kiradi. O’quvchilarning mustaqil bilim olish xususiyatini, fikrlaSh, tahlil qilish, o’zi o’rganish, Shaxsiy va kasbiy masalalarni yechish uchun axborot manbalari topish, zamonaviy axborot texnologiyalari, maxsus adabiyotlar va spravochniklardan foydalana olish, faoliyat davrida paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish, kasbiy faoliyat davrida mumkin bo’ladigan o’zgarishlarga va mehnat bozorining tez o’zgarishi choғida zarur bo’lganda Yangi ixtisoslikka tez moslaShishga, o’ziga, o’z kuchiga va imkoniyatlariga ishonish va boShqalar kiradi.
3. O’MKH ta’limidagi tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklariing umumdavlat Tasniflagichini ishlab chiqishga qo’yilgan talablar — o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlaSh bo’yicha tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro’yxati.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat Tasniflagichi O’zbekiston Respublikasida texnikaviy-iqgisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflaSh va kodlaShtirish bo’yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’ғrisida»gi 1998 yil 5 yanvardagi 5-sonli qarori asosida tayyorlangan.
Mehnat bozorining tez o’zgaruvchan infratuzilmasi bilan mos tarzda tegishli o’zgartirishlar kiritish uchun ochiq va qulay; Tayyorlov yo’nalishlari nomi, kodi va Shu tayyorlov yo’nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar va ixtisosliklar ro’yxati keltirilgan; O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo’lib, idoraviy bo’ysunishi va mulkchilik Shaklidan qat’i nazar barcha ta’lim muassasalariga joriy qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |