Informatika fanlarini o’qitish metodlari.
O’qitish metodlari. Ba’zi didaktik metodistlar ta’lim metodlarini o’quvchilarni bilmaslikdan bilishga borish yo’li, ayrim olimlar esa, ularni o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’zaro bog’lovchi metodlar, deb qarashadi. Ta’lim metodlarini o’quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni shaklida qarash g’oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida ta’lim metodlarining mohiyati, o’quv-tarbiya jarayonidagi funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi masalasidir.
Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif etishda shu yo’nalishlardan qay biri ma’qul? YOki ta’lim metodlarini tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda «o’qitish metodlari», «o’qish metodlari» kabi terminlar qo’llanadi. Shunday bo’lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj bormi? Metod termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir maqsadga erishish yo’li, faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Ularga ko’ra ta’lim mazmunini o’zlashtirishga mos faoliyat tanlanadi.
O’qitish metodi o’qitish jarayonida o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini yechishga yo’naltirilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining tartibli bir-biriga bog’langan faoliyatini anglatadi11.
O’qitish metodlari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o’quvchilar qanday ish xarakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
O’qitish metodlari o’quv jarayonining muxim tarkibiy qismi hisoblanadi. Faoliyatning tegishli metodlarisiz ta’limning maqsad va vazifalarini o’quv materialining muayyan mazmunini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishga erishib bo’lmaydi.
Ta’lim modeli – ta’lim jarayoni tuzilmasidir. Ta’lim modellari ikki turga ajratiladi:
An’anaviy ta’lim modellari
Noan’anaviy ta’lim modellari
Noan’anaviy ta’lim modellarini quyidagilarga ajratish mumkin:
Hamkorlikda o’rganish
Modellashtirish
Tadqiqot
An’anaviy dars muayyan muddatga mo’ljallangan ta’lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan mavzuga kirish yoritish, muxokama qilish va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
An’anaviy ta’lim metodlari:
- ma’ruza, xikoya, tushuntirish, laboratoriya, suxbat, mashq, amaliy
- to’rt pogonali metodlar kiradi
Noan’anaviy ta’lim metodlari:
- Kichik metodlarda ishlash metodi;
- Baxs munozara metodi;
- Davra suxbati metodi;
- Ishbob o’yin;
- Loyihalash;
- Yo’naltiruvchi matn;
- Muammoli vaziyat;
- Aqliy hujum;
- Rolli o’yin.
Do'stlaringiz bilan baham: |