O’tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari
O’quv fanlari bo’yicha o’rganilgan bilimlarning puxtaligi ko’p jihatdan takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilishga bog’liq. Bunday darslarda oldin o’rganilgan bilimlarga, qoida va ta’riflarga takroriy duch kelinadi. O’rganilgan o’quv materialiga takroriy qaytish va shu mavzuga oid omil to’plash, tahlil etish, solishtirish asosida olib boriladi, mavzu bo’yicha yetarli mashqqilinadi. Mashq qilish, bilimlarni turli o’quv sharoitlariga tatbiq etish yo’li bilan o’rganilgan bilimlar takroriy tasavvur etiladi. Ana shunga ko’ra bu dars turi oldin o’rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish va esga tushirilgan bilimlarni turli o’quv sharoitlariga tatbiq etish shakli sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |