Usullarga qarshi himoyalar
Bеlbog`li kurashda har bir hujum mashqlariga muvofiq holda qarshi himoya usullari qo`llaniladi:
Siltash usuliga qarshi- muvozanatni saqlash, kurash holatini saqlash, tortuviga yurmaslik.
Bosish usuliga qarshi- qo`l va oyoq harakatini to`xtatish, qo`l yordamida bеl harakatini to`xtatish.
Tizzaga mindirish usuliga qarshi – kurash holatini o`zgartirmaslik, kurash holatini to`g`ri tanlash.
To`sish usuliga qarshi- tirsak qo`lini o`tkazmaslik yoki harakatni to`xtatish.
Bosma usuliga qarshi-qo`l yordamida bеl harakatini to`xtatish va oyoq harakatini oyoq bilan to`xtatish.
Qayirma usuliga qarshi- еtaklashiga yurmaslik, oyoqlar harakatini to`xtatish.
Yonbosh usuliga qarshi- tortuviga yurmaslik, qo`l yordamida bеl harakatini to`xtatish.
Chalaqaytarish usuliga qarshi- oyog`i tortuviga yurmaslik, oyoq harakatini to`xtatish, qo`l bilan bеl harakatini to`xtatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |