Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” - fan sifatida



Download 1,78 Mb.
bet34/258
Sana28.12.2020
Hajmi1,78 Mb.
#53930
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   258
Bog'liq
УМУМИЙ ПС. 18-20. ИНЯЗ

Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” - fan sifatida

“Psixologiya” tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixika tirik mavjudotning ob’ektiv borlikni aks ettirish shakllaridan biri ekanligi tugrisida umumiy tushuncha. “Psixologiya” fani xakidagi tasavvurlar tarakkiyotining asosiy boskichlari. Psixologiya va falsafa. Psixologiya fanining nazariy xamda amaliy vazifalari. Shark mutafakkirlari (Al Farobiy, Abu Ali ibn Sino, ibn Rashid, Gazzoliy, Axmad Yassaviy, Baxovuddin Nakshbandiy, Abu Bakir ar-Roziy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy va boshkalar)ning psixologik karashlari.

Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo‘lish problemasiga oid bir qancha fikrlar mavjuddir. Bulardan biri filosofiya tarixida Dekart nomi bilan bog‘lik bo‘lgan “antropopsixizm” nazariyasidir. Bu nazariyaning mohiyati shundaki, u psixikaning paydo bo‘lishini odamning paydo bo‘lishi bilan bog‘laydi va psixika faqat odamlarda mavjuddir degan g‘oyani olg‘a suradi. Bu psixikaning paydo bo‘lishi problemasiga bir tomonlama yondashishdir. Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo‘lishi haqida yana bir qancha turli-tuman fikrlar bor. Uzoq asrlar davomida psixika (ruhiy hayot) va uning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti masalalariga har xil nuqtai nazardan yondashib kelindi. Bundan milliard yillar burun neorganik (jonsiz) materiya negizida organik (jonli) materiya vujudga keldi. Ruhiy hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ana shu davrdan boshlandi. Uzoq tarixiy davr jarayonida rivojlangan jonli organizm oddiy hujayradan oliy bosqichgacha - insongacha bo‘lgan taraqqiyot davrini bosib o‘tdi. Psixikaning taraqqiyoti uning harakati, o‘zgarishidir.Qadimgi filosoflar ruhiy hodisalarning rivojlanishini turlicha talqin etib keldilar, uni ilohiy kuchga bog‘lab tushuntirishga harakat qiladilar. Masalan, grek filosofi Fales (eradan avvalgi 624-547 yillar) odamning ruhiy hayotini bug‘ shaklida tasavvur qilgan va uning asosida suv yotadi degan. Anaksimen esa (eradan avvalgi 588-525 yillar) ruhiy hayotning manbai havodir deb ta’lim bergan. Geraklit (eradan avvalgi 544-488 yillar) ruhiy hayotning manbaini olov deb targ‘ib qilgan.

Qadimgi filosofiyaning mashhur namoyandalari Sokrat (eradan avvalgi 469-399) va Platon (eradan avvalgi 427-347 yillar) ham inson psixikasi, ruhiy hayoti haqida butunlay boshqacha nazariyani olg‘a surganlar. Ularning fikricha, tana va jon boshqa-boshqa qismlardir. Guyoki jon inson tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma’lum vaqtdan so‘ng yana o‘sha dunyoga qaytib ketadi.

Mashhur filosof Demokrit esa (eradan avvalgi 460-370 yillar) inson organizmi atomlardan tashkil topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni olga suradi. Psixologiya tarixida psixika va uning taraqqiyoti haqida turli-tuman fikrlar yuqoridagilardan tashqari ham juda ko‘p.

Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ibtidoiy jamoa a’zolarining psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona foydalanish, o‘zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishida ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar. Ko‘p ming yillik ijtimoiy hayot tajribalariga asoslangan ravishda odamlar shaxsning individual (lotincha individuum alohida, yakkahol odam) xususiyatlarini jon bilan bog‘lashga va uning ta’siri bilan izohlashga harakat qilishgan. Qadimgi odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon joylashgan bo‘lib, u shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish imkoniyatiga ega emish. Qadimgi ajdodlarimizning «jon» to‘g‘risidagi tasavvurlari shunga bog‘liq, mutanosib tushunchasini keltirib chiqardi va buning natijasida animizm (lotincha anima «jon» degan) ta’limoti insoniyat tomonidan kashf qilinadi. Ibtidoiy xalqlarning tasavvurlarida ruh insonning tanasi bilan uzviy bog‘liq holda hukm suradi, go‘yoki yashaydi. Shuning uchun ijtimoiy hodisalar, hatto ong, shuningdek, real voqeliklar (o‘lim, uyqu, bexush bo‘lish, betoblik) kabilarni sodda tarzdagi moddiylik (mavjudlik) nuqtai nazaridan talqin qilishga uringanlar. Sodda tafakkur shakllari bilan qurollangan qadimgi odamlar atrof-muhit to‘g‘risidagi rang-barang holatlar, hodisalar mohiyatini ilmiy jihatdan dalillash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi sababli idrok qilingan narsani uning haqiqiy mohiyati tarzida aks ettirishgan.




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish