Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish prinsiplarni quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi



Download 1,78 Mb.
bet42/258
Sana28.12.2020
Hajmi1,78 Mb.
#53930
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   258
Bog'liq
УМУМИЙ ПС. 18-20. ИНЯЗ

Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish prinsiplarni quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi:

  1. Determinizm;

  2. Ong va faoliyat birligi;

  3. Taraqqiyot;

  4. Tarixiylik;

  5. Predmetlilik;

  6. Monizm;

  7. Nutq va tafakkur birligi;

  8. Faollik;

  9. Interiorizatsiya va eksteriorizatsiya;

  10. Faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi;

  11. Psixikani sistemali analiz;

  12. Aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi ob’ektga bog‘liqligi.

Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar qo‘yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamizda yuzaga kelgan yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz xalqlari ongidagi sifatiy o‘zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir bo‘ldi. Bu ikki hol insoniyat tarixida yangi mazmundagi o‘zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat formalarini vujudga keltirdi. Har bir fanda bo‘lganidek, psixologiya fanida ham turli-tuman psixik hodisalarni va har bir shaxsga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni o‘rganish uchun qo‘llaniladigan bir qancha usullar - yo‘l-yo‘riqlar bor. Bu usullarning mohiyati shu fanning mavzu bahsiga asoslanadi. Psixologiyaning mavzu bahsi harakatdagi materiyaning alohida xususiyati bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli uning usullari ham o‘ziga xos mazmunga egadir. Har qanday usul ma’lum metodologik tamoyillarga asoslanadi.

Psixologiya fani tarixida psixologik hodisalarni o‘rganish uchun qo‘llanilgan birinchi usul o‘z-o‘zini kuzatish usulidir. Bu usul psixologiya fani tarixida “introspeksiya”, ya’ni ichdan kuzatish, ko‘rish deb yuritilgan.Shunday ekan, o‘z-o‘zini kuzatish usulidan foydalanish kerakmi, yo‘qmi. Albatta kerak. Chunki psixologik tadqiqotlarda o‘z-o‘zini kuzatish bilan bog‘liq hollar juda ko‘p.Sub’ektiv usulsiz istagan shaxsning psixologik sifatlarini to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Bu usulsiz tibbiyotda bemorni davolash mumkin emas. Shuning uchun kuzatish usuli psixologiya fani uchun juda zarurdir. Lekin o‘z-o‘zini kuzatishning salbiy tomonlari ham bor. Bu usul bilan tadqiqot olib borganda har bir shaxs o‘z manfaati yuzasidan sub’ektiv xulosa chiqarishi, o‘z shaxsidagi ayrim salbiy sifatlarni boshqarishda ham mavjud deb hisoblashi, buning natijasida boshqalar haqida noto‘g‘ri xulosa chiqarishi mumkin.

Kuzatishning samarali usuli sirtdan kuzatish yoki tashqi kuzatishdir. Tashqi kuzatish usuli hamma vaqt ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida shaxsning turli ruhiy jarayonlari(sezgilari, xotirasi, idroki, xotirasi, xayoli va h.k.) hamda shaxsiy xususiyatlari (qiziqishi, qobiliyati, temperamenti, xarakteri va h.k.) o‘rganiladi. Tashqi kuzatish (bir shaxsning boshqa shaxsni o‘rganishi) doimo ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lib, aniq reja bilan kuzatishni taqoza etadi. Bu usul yordamida psixik hodisa har tomonlama o‘rganiladi.

Tashqi kuzatish usulining ijobiy tomoni shundaki, bunda istalgan psixik hodisa tabiiy sharoitda qanday yuz bersa, shundayligicha tekshiriladi. Shunga qaramasdan, ruhiy holatlarning namoyon bo‘lish qonuniyatlarini aniqlashda faqat tashqi kuzatish usulidangina foydalanish yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun bu usul boshqa usullar bilan hamkorlikda qo‘llaniladi.

Ob’ektiv (tashqi) kuzatish usuli yordamida to‘plangan ma’lumotlar maxsus manbalarda qayd qilib boriladi va ma’lum vaqtdan so‘ng tahlil etilib, izlanayotgan xulosalar aniqlanadi.

Psixologik hodisalarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladigan usullardan yana biri suhbat yoki savol-javob usulidir. Bu usulning kuzatish usuliga nisbatan afzalligi shundaki, bunda tadqiqotchi va o‘rganiluvchi o‘rtasida bevosita aloqa, muloqot mavjud bo‘ladi. Suhbat jarayonida shaxsning turmush voqealariga, boshqa odamlarga va uning hatti-harakatlariga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan psixologik sifatlari o‘rganiladi.

Suhbat usulining tadqiqotchi zimmasiga yuklaydigan mas’uliyatli tomoni shundaki, tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rganilayotgan shaxsning tushuncha doirasini, turmush tajribasini va individual sifatlarini aniqlashi kerak.




Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish