Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Ro’lli o’yinlarning pedogogik treningda tutgan o’rni?
2.
Ro’lli o’yinlarni o’tgazish bosqichlari?
3
.Ro’lli o’yinlarni o’tgazishga qo’yiladigan talablar?
Hisobot rejasi
1.
Ishning mavzusi, maqsadi va vazifalari.
2.
Ishni amalga oshirish rejasi, tartibi yoki tuzilishi.
3.
Bajarilgan ishga atroflicha tavsif (kengaytirilgan mazmun).
4.
Olingan natijalar.
5.
Maqsad – natija (operativ qayta aloqa, korrektsiya) sxemasida nazorat ishlari.
6.
Xulosa va mulohazalar.
Asosiy adabiyotlar:
5.
Klyueva N.V. Programma sotsialьno psixologicheskiy trening dlya pedagogov. 1992.
6.
Organizatsiya i provedeniya treninga ucheb.posob.rod red. Fedotova. 1991.
Qo’shimcha adabiyotlar:
4.
WWW//ZiyoNet.uz. X.SH.Turg’unova. Psixologik texnologiya va psixologik mahorat.
Ma’ruza matni – T. 2005.
№14. Amaliy ishi
Mavzu: Treningda yakunlash bosqichi
Reja
1.
Treningni har kunida qayta aloqa bosqichini tashkil etish.
2.
Qayta aloqa bosqichining ahamiyati.
3.
Yakunlash bosqichida emotsional kayfiyat.
4.
Yakunlash bosqiga tayyorgarlik – treningni emotsional tonda tugatishning asosiy omili sifatida.
5.
Ishtirokchilarning taassurotlarini eshitishda og`zaki va yozma usullardan foydalanish.
Tayanch atamalar:
trening yakuni, qayta aloqa, emotsional kayfiyat, yakunlash bosqichi
Nazariy ma’lumotlar
Ilmiy va ommabop adabiyotda "o’yin" tushunchasi keng ma'noda ishlatiladi. Masalan, "aktyorlar o’yini",
"bolalar o’yini", "boshharuv o’yinlari", "shaxmat o’yini", "strategik o’yinlar", "xayol yoki fantaziya o’yinlari" va
xokazo. Ko'pgina psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o’yinlariga bag’ishlangan. Rus psixologi D.B.Elkonin
"Nima uchun bolalar o’ynaydilar" degan savolga to’laqonli javob topish maqsadida u o’zining ko’p yillik ilmiy
izlanishlarini 1960 yili chop etilgan "O’yin psixologiyasi" ("Psixologiya igre") nomli kitobida umumlashtirgan.
Unda muallif o’yinlar genezisi - kelib chiqishi, uning mohiyati, bola taraqqiyoti va shaxs shakllanishidagi o’rni
va ahamiyatini yoritishga harakat qilgan. "Bolalar, - deb yozilgan kitobda, o’yinda kattalarning ijtimoiy xulq-
atvoriga taqlid qilish usuli bilan ular faoliyatini qaytaradilar" ("Psixologiya igre.", 1978). Yo’qorida
ta'kidlanganidek o’yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatiga ham xos. Bolalar va kattalar
o’yinlarida qator umumiyliklar mavjud: ya'ni, a) ikkalasida ham rollar improvizatsiya qilinadi, boshqacha qilib
aytganda, xayotda bor bo’lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari qaytariladi; b) o’yin faoliyatidagi
vaziyatlar ikkala holda ham shartlidir; v) o’yinda mexnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy faoliyatning eng muhim
tomonlari qayta tiklanadi;
g) tabiiylik xissiylik - emotsional jixatlarining borligi kattalar va bolalar o’yinlariga xos bo’lgan
jixatlaridir.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |