Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


 Trening jarayonida albatta o’tkazilishi kerak bo’lgan birinchi bosqich



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/208
Sana02.01.2023
Hajmi2,3 Mb.
#897395
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   208
Bog'liq
psixologik trener asoslari

1.3. Trening jarayonida albatta o’tkazilishi kerak bo’lgan birinchi bosqich 

guruhiy me’yorlarni, ya’ni 
trening qonun qoidalarini ishlab chiqish bosqichidir. Bunda ishtirokchilar bilan bu me’yorlarga albatta rioya 
qilish kerakligi to’g’risida kelishish va har bir a’zoning roziligini olish kerak. Bu qoidalarga rioya etish 
treningning maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
 
 
12 –mavzu: Trening jarayonida o‘yin usuli. 
Reja:
1.
Trening jarayonida o‘yin usulini qo‘llashning ahamiyati. 
 
2.
O‘yin – guruh bilan ishlash vositasi sifatida. Guruhlar bilan ishlashda uyinning samaradorligi.
 
3.
O‘yinning treningdagi mazmuni va ahamiyati. Guruhiy o‘yinlarni tashkil etish.
 
4.
O‘yinlarni o‘tkazishdagi umumiy qoidalar. 
 
5.
Guruhiy o‘yinlarni o‘tkazish printsiplari.
 
6.
O‘yinlarni o‘tkazishda trener uchun ko‘rsatmalar. O‘yinlarni muhokama qilish. O‘yinlardagi 
mantiqiy yakunni bilish – trener uchun zarurligi.
 
 
Ilmiy va ommabop adabiyotda "o’yin" tushunchasi keng ma'noda ishlatiladi. Masalan, "aktyorlar 
o’yini", "bolalar o’yini", "boshharuv o’yinlari", "shaxmat o’yini", "strategik o’yinlar", "xayol yoki fantaziya 
o’yinlari" va xokazo. Ko'pgina psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o’yinlariga bag’ishlangan. Rus psixologi 
D.B.Elkonin "Nima uchun bolalar o’ynaydilar" degan savolga to’laqonli javob topish maqsadida u o’zining ko’p 
yillik ilmiy izlanishlarini 1960 yili chop etilgan "O’yin psixologiyasi" ("Psixologiya igre") nomli kitobida 
umumlashtirgan. Unda muallif o’yinlar genezisi - kelib chiqishi, uning mohiyati, bola taraqqiyoti va shaxs 
shakllanishidagi o’rni va ahamiyatini yoritishga harakat qilgan. "Bolalar, - deb yozilgan kitobda, o’yinda 
kattalarning ijtimoiy xulq-atvoriga taqlid qilish usuli bilan ular faoliyatini qaytaradilar" ("Psixologiya igre.", 
1978). Yo’qorida ta'kidlanganidek o’yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatiga ham xos. 
Bolalar va kattalar o’yinlarida qator umumiyliklar mavjud: ya'ni, a) ikkalasida ham rollar improvizatsiya 
qilinadi, boshqacha qilib aytganda, xayotda bor bo’lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari qaytariladi; b) 
o’yin faoliyatidagi vaziyatlar ikkala holda ham shartlidir; v) o’yinda mexnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy 
faoliyatning eng muhim tomonlari qayta tiklanadi;
g) tabiiylik xissiylik - emotsional jixatlarining borligi kattalar va bolalar o’yinlariga xos bo’lgan 
jixatlaridir.
O’yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo’lib, bu narsa, ayniqsa, bolalar 
o’yinida yaqqol seziladi, ular unda o’zidagi ko’plab tabiiy extiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun 
bo’lsa kerak ma'lum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o’ynaydilar, undan charchamaydilar va bunda hech
qachon ular o’z sherigiga ma'naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar o’yinning shunday qirrasi bilan bog’liqki, 
unda xayol, xissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun keladi. 
Ijtimoiy 
psixologik 
ahamiyatga 
ega 
bo’lgan kattalar o’yini esa asosan ikkita vazifani bajaradi: 
- ma'lum ijtimoiy bilimlarni egallash; 
- zarur ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish. Lekin bunday o’yinlarning tabiiy bolalar o’yinidan farqli 
jixatlari ham bor: 
a) bolalar o’yinlarida ijtimoiy rol o’zlashtirilsa, kattalarnikida bu rol yanada mustaxkamlanadi, 


26 
takomillashadi; masalan, bolalarning "mexmon-mexmon" o’yinlarida mexmon va mezbon harakatlariga xos 
bo’lgan asosiy qirralar o’zlashtirilib, taqlid asosida ko’nikmalar hosil qilinsa, kattalar shunga o’hshash 
"o’yinlarda" muomalaning eng mukammal va chiroyli jixatlarini mustaxkamlab, davr madaniyatiga xos xulq-
atvor shakllariga o’rganadilar; 
b) bolalar o’yinlaridagi rollar hayotiy vaziyatlarni umumlashtirgan holda,
umumiy tasavvurlar vositasida qaytarilsa, kattalarda bu narsa aniq vaziyatlar va yaqqol rollar vositasida 
amalga oshiriladi; 
v) bolalar o’yinlari ma'lum ma'noda stixiyali jarayon bo’lsa, kattalar o’yinida hayotiy qoidalar, normalar, 
me'yorlar ataylab tashkil qilinadi va unga maxsus nazoratchilar - murabbiylar rahbarlik qiladilar; 
g) bolalar tabiiy ravishda o’zlari o’ynayotgan rolni xissiy boshdan kechirib, o’yinga kirishsalar, kattalar 
ko’proq u yoki bu rolga o’zini identifikatsiya qilib, sun'iy ravishda kiradi; 
d) kattalar o’yinining sifati va samaradorligi o’ynovchining hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga 
bevosita bog’liq bo’ladi, bu o’rinda onglilik tashabbuskorlik va eruditsiya, yaqqol omillarni umumlashtirish kabi 
sifatlar muhim rol o’ynaydi. Ijtimoiy psixologik bilimdonlikni oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlar asosan ikki 
turga bo’linadi.
Bu - operatsional o’yinlar va rolli o’yinlar.
Operatsional o’yinlar o’z mohiyati jixatidan, ya'ni ushbu faoliyat motivi, unda aqliy operatsiyalarning 
ishtiroki va xissiy ko’rinishi jixatdan muammoli vaziyatlarni taxlil qilishga o’xshaydi. Lekin ayni tizimga 
tushirilmagan, spontan munozaradan farqli, unda o’yinning umumiy senariysi bo’lib, oqibatda qabul qilinadigan 
harorlar ijtimoiy normalarga mone kelishi, "to’g’ri" yoki "noto’g’ri"ligi algoritmik belgilab qo’yiladi. Shuning 
uchun ham bunday o’yinlarda xayot sinovlaridan o’tkazilgan, ijtimoiy tajribaga asoslangan vaziyatlar ishlatiladi. 
Masalan, hozirda keng tarqalgan ishbilarmonlik o’yinlar yoki boshharuv o’yinlari shular jumlasiga kiradi. 
Agarda, boshliqning xodimni qabul qilishi vaziyati o’ynalayotgan bo’lsa, unda boshharuv tajribasida ilgari yuz 
bergan bir nechta alternativ xulq shakllari oldindan kelishilgan holda o’ynaladi va shular asosida o’yinga baho
beriladi. Chunki amaliy o’yinlarda shaxslararo bevosita munosabatlar nisbatan cheklangan bo’lib, ularda 
rasmiyatchilik elementlari ko’p bo’ladi. Demak amaliy o’yinlar quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: 
1.Haror qabul qilish bilan bogliq bo’lgan tipik hayotiy vaziyatlarni modellashtiradi. 
2.Professional faoliyatda uchraydigan xulq-atvor shakllari va muloqotning turli qirralarini ochib beradi. 
3.Ijtimoiy xulqda mavjud bo’lgan yangi qirralar bo’yicha bashorat qiladi
va professional faoliyatning yangi xususiyatlarini ochadi. 
Ko’pchilik o’yin metodlarini uylab topganlarning vatani Amerika deb o’ylaydi. Lekin aslida uni 
birinchi marta amaliy faoliyatda ruslar - Rossiyada qo’llashgan. 1936 yilda hozirgi Sankt-Peterburg shaxridagi 
ishlab chiharish Akademiyasi talabalari "Ishlab chiharish dasturining keskin o’zgarishi munosabati bilan 
sanoatni qayta qurish" mavzusidagi o’yinni "Krasnoy tkach" nomli fabrikada dam olish kunlari o’tkazgan edilar. 
Uning natijalari keyinchalik ommaviy axborot vositalarida muhokama qilingan, lekin o’sha paytda fan 
mutassaddilari bu usulning mohiyatini to’la tushunib, uni qo’llab-quvvatlamagan edilar. Shuning uchun ham 
ilmiy adabiyotlarda Amerikada tashkil etilgan "T-guruxlar" tajribasi ko’proq yoritilgan. 
Hozirgi kunga kelib, 200 dan ortiq operatsional o’yinlarning standart dasturlari bo’lib, ular o’quv, 
ilmiy - tadqiqot, xalq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladi. 
Har qanday operatsional o’yinni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga amal qilish shart: 
1. Ish o’yinlari ijodiy, professional tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun tashkilotchi 
muammoli vaziyat echimining, uning ijtimoiy mohiyatini trening maqsadiga mosligini aniqlashi va xulosalarini 
ishlab chiharishga joriy etishi kerak; 
2. Ishlab chiharish jarayonlari va professional faoliyatni modellashtirish
va uni real turmush vaziyatiga yaqinlashtirib, imitatsiya qilishga erihish
zarur; 
3. Treningning tarbiyaviy jixatlarini sof o’yinning o’zidan yuqori quyish
maqsadga muvofiq ekanligi; 
4.O’yin qonun - qoidalari va normalarining barcha uchun tengligini doimo yodda tutish lozim; 
5. Maqsadga erishishning qator dialoglar va monologlar (ko’p qirrali) tizimiga bog’liqligi tamoyili. 
Yo’qorida qayd etilgan tamoyillarga bo’ysungan holda o’yinni tashkil etish mutaxassislarni o’qitish va 
ular professional sifatlarining takomillashuviga xizmat qiladi. Har bir Ijtimoiy psixologik vaziyat bir necha marta 
qaytarib o’ynalgani uchun ham ishtirokchilarda bir vaqtning o’zida ham o’yinchi, ham ko’zatuvchi bo’lish 
imkoniyatlari mavjud. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish