Test kaliti:
1 2 3 4 5 6 7
a 0 6 3 6 3 6 3
b 3 0 6 3 0 3 0
s 6 3 0 0 6 0 6
Realist - 0-18 ball
:
Siz realist insonni sevib qolibsiz! U hamma narsani to‘g‘ri baholashga harakat qiladi.
Hayotda juda ko‘p narsani –butun tabiat va olamdagi bo‘layotgan voqea-hodisalarni bilgisi keladi. Intuitsiya
uning g‘ashini keltiradi. Voqealarni aniq tahlil qila olmagan va noto‘g‘ri xulosa chiqarganlardan nafratlanadi.
Maslahat:
unga turli to‘qima voqealarni gapirib, ichki tuyg‘ularini o‘yin qilib jig‘iga tegmang, uni
o‘zingizdan uzoqlashtirasiz. Agar o‘zingizni aqlli insonlardek tutsangiz, yutasiz, sizga ishonib, siz bilan
faxrlanib yuradi.
Pragmatik - 19-30 ball:
Siz tanlagan odamning pragmatikligi aniq! Butun dunyo va o‘zi muloqot
qiladigan hamma odamlarni u uchta rangga ajratgan. Yorqin rang – o‘zi uchun eng kerakli insonlar, qora rang –
uning baxti, tinchligi va omadiga tahdid soluvchi insonlar, betaraf rang – hayotidan o‘rin ololmaganlar. Agar
unga sayohatlar haqida gapirsangiz, “Busiz ham yashasa bo‘ladi”, deydi bamaylixotir. Agar unga kechroq
uchrashishni taklif qilsangiz, «judayam qorong‘i, umuman odamlar yo‘q joymi...» deya ensasini qotiradi. U
bilan bir umr yashay olishingizga ko‘zingiz yetmasa, tezroq bir qarorga keling.
Romantik - 31-42 ball:
Sizga ajoyib romantik nasib qilibdi! Kamdan- kam uchraydigan holat! Xayotda
hamma narsa u uchun his-tuyg‘uga limmo-lim. Yomg‘irli ob-havoda yalangoyoq sayr qilishni xush ko‘radi,
qo‘lingizdan ushlab olib, dengiz shovqini va qushlar sayrashini soatlab eshitib o‘tirishga ham tayyor. Unga
hayotda hamma narsa, hattoki, siz ham sirli tuyulasiz. Shuning uchun u bilan g‘aroyib mavzularda suhbat quring.
Qanchalar sirli bo‘lsangiz, shunchalar sevimli yorga aylanaverasiz!!!
«O‘zingni angla» (Ikki kishi qayiqda)
Suv toshqini natijasida kimsasiz orolga quyidagilar kelib qoldi;
- qari olim; -yosh bola;
- xamshira; - arxeolog-talaba.
Ko‘p o‘ylamasdan javob beringchi: Shulardan qaysi ikki kishini birinchi bo‘lib, qutqarar edingiz?
Qayiqda faqat ikkita bo‘sh o‘rin bor.
Agar Siz...
1. Qari olim va bolani tanlasangiz Siz pishiq, oddiy xissiyotli, xayotda mustaqil, o‘z o‘rningizni bilasiz.
Ishda va xayotda o‘ylab ish qilasiz, shuning uchun yaxshi yashaysiz.
2. Bola va xamshirani tanlasangiz Sizning xarakteringiz juda murakkab bo‘lib, ayrim vaqt bo‘shanglik
qilasiz, lekin irodangiz kuchli bo‘lib odamlarga va o‘zingizga o‘ta talabchansiz. O‘z imkoniyatingizdan yaxshi
foydalana olmaysiz, qa’tiyatlilik yetishmaydi.
3. Agar bola va talabani tanlasangiz siz qa’tiyatli odamsiz. O‘zgalarga xomiylik qilishni yaxshi ko‘rasiz.
O‘z ishingizdan mamnunsiz. Do‘stlik va davralarni yaxshi ko‘rasiz. Yolg‘onchilarni, aldoqchilarni yomon
ko‘rasiz.
4. Agar qari olim va xamshirani birinchi bo‘lib qutqarsangiz siz muloyim, artistlik qobiliyati bor odam
bo‘lib, ximoyaga, maslaxatga, qarindosh-urug‘lar mexriga muxtoj odamsiz.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |