88
9.
Guruhiy normalarni ishlab chiqishning maqsadi va ahamiyati. Ishtirokchilar va trenerning
o‘zaro tanishuvidan maqsad.
10.
Trening jarayonida qo‘llaniladigan tanishuv turlari.
11.
Treningda ishtirokchilarning kutishlarini aniqlashning maqsadi va trener uchun buning
muhimligi.
12.
Qayta aloqa – treningdan kutilgan natijaga erishilayotganligini aniqlash usuli sifatida.
Tayanch atamalar;
g’oya, breynshtorming, senariy, sotsial, obyekt, texnologiya.
Tayanch konspekt
Psixologik treninglarni o`tkazishdan oldin trening o`tkazuvchi,ya'ni boshlovchi puxta
tayyorgarlik ko`rishi lozim.
Boshlovchi oldindan trening olib boriladigan gurux haqida ma'lumotga ega bo`lishi lozim
.
Trening
o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shartlardan va talablardan biri sho’qi, u muloqot jarayonining barcha
qirralarini professional darajada mukammal egallagan bo’lishi kerak. U ham bo’lsa - nazariy bilimlarni bevosita
amaliyotda, trening jarayonida qo’llay olishidir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar, deb
atashadi. Demak treninglar uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotda eng avvalo e'tibor berilishi zarur bo’lgan
narsa ham sho’qi, u yerda ijtimoiy psixologik treningni olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan
mutaxassis etishtirishdir.
Trener tomonidan psixologik hokimlik o`rnatiladi, unda hammani (shuningdek, trenerni ham) “ Sen “
lardan, ismini aytib chaqirishda, “ taxallusdan foydalaniladi.
Shaxsning shakillanishi uchun quyidagi vazifalar ko’ndalang turadi:
1.O’zaro munosabatni yaxshilash.
2.Gurux, o’quvchilari jamoasini jipslashtirish.
3.Har bir kishini o'z qobilyatlariga ishonchini mustaxkamlash.
4.Harakterdagi tundlik, tajovuzkorlik kabi ko’rinishlariga barham berish.
Trening o’tkazishdan maqsad shuki, shaxsning salbiy xususiyatlarini yo’qotish va ongida ijobiy
xislatlarni rivojlantirish.
Maqsadlar qatori yana bir necha maqsadlar mavjud.
A) Trening qatnashchilarining bir-birlariga sotsial psixologik jixatdan moslahishga e'tiborni qaratish va
atrofdagilar bilan munosabatini mustaxkamlash.
B) Trening qatnashchilarini o’z xayotini sezilarli darajada o’zgartirishga erisha olish.
Sotsial psixologik treninglar quyidagicha masalalardan iborat bo’lishi mumkin.
1.Ma'lum sotsial psixologik bilimlarni egallash.
2.O’zini va boshqalarni adekvat, to’g’ri va to’liq tushunilishi.
3.Shaxs xususiyatlari nuqsonlarini yo’qota olish, ularni diagnostika qilish va ishga xalaqit beruvchi
to’siqlarni bartaraf qilish.
4.Shaxlararo munosobatlarning indidual usullarini o’rganish va ularni samarali qo’llash.
5.Treningda qatnahishda o’zini erkin tutish.
Do'stlaringiz bilan baham: