fojialar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu yili xalq qahramoni Bonivar
jasoratiga bag‘ishlangan “Shilon tutquni” dostonini yozadi. Asar
yolg‘iz isyonkor shaxs qiyofasini aks ettirishga bag‘ishlangan edi.
Bu doston Bayronning Shilon qal’asiga borganidagi taassurot-
lari asosida yozilgan edi. Shilon qal’asi Jeneva ko‘lida joylashgan
bo‘lib, bu yerda 1530-1535-yillarda respublikachi, Shvetsariya-
ning mustaqilligi uchun tolmas kurashchi Fransua Bonivar qamoqda
saqlangan. U gersog Savatskiy buyrug‘i bilan qamoqqa olingan edi.
Shoir 1817-1823-yillarda Italiyada yashadi. Bu davrda yaratil
gan “Tasso shikoyati” (1817), “Mazepa” (1818) dostonlari, “Man
fred” (1817), “Kain” (1821) dramalarida kishilami adolatsizlikka
qarshi kurashga chaqiradi. Bu asarlarda “Olam va Odam muammo-
Do'stlaringiz bilan baham: |