uning or-
qa devorida aorta va pastki kavak vena atrofida ko‘p sonli bel
tu gunlari
joylashgan. Ular qorin aortasi va pastki kavak venaga
nisbatan joylashishiga qarab chap, o‘ng va oraliq bel tugunlari-
ga bo‘linadi.
Ko‘krak qafasi. Ko‘krak qafasida ham parietal va visse-
ral lim fa tugunlari va tomirlari tafovut qilinadi. Ko‘krak qafa-
sining ol dingi devorini ichki yuzasida to‘sh suyagining o‘ng va
chap tomonida joy lashgan to‘sh atrofidagi tugunlariga
ko‘krak
qafa sining oldingi devori, plevra, perikarddan, shuningdek, past-
ki qorin usti va ustki diafragma limfa tugunlari, sut bezlaridan
kelayot gan limfa tomirlari quyiladi. O‘ng to‘sh atrofidagi tugun-
lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng bo‘yinturuq
poyasiga yoki paravenoz limfa tugunlariga, chap to‘sh atrofida-
gi tugun lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari esa aorta
oldi lim fa tugun lariga, shuningdek, ko‘krak limfa yo‘li va chap
bo‘yinturuq poyalariga quyiladi.
Qovurg‘alararo oraliqning umurtqa pog‘onasi yaqinida joy-
lash gan qovurg‘alar orasidagi tugunlarga
ko‘krak qafasining or-
qa devori limfa tomirlari yo‘naladi. Ulardan chiqqan olib ketuv-
chi limfa tomirlari ko‘krak limfa yo‘liga, ustki tugunlardan esa
bo‘yinning chuqur lateral tugunlariga quyiladi. Diafragmaning
ust ki tugunlariga diafragma, perikard, plev ra va jigarning dia-
fragma yuzasidan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. Ulardan
chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari to‘sh atrofidagi, orqa ko‘ks
oralig‘i, past ki traxeya va bronxlarning pastki, bronx va o‘pka tu-
gunlariga quyiladi.
Ko‘krak qafasining visseral tugunlaridan yuqorigi kavak vena
va aorta ravog‘ining oldingi yuzasida joylashgan oldingi ko‘ks ora-
lig‘i limfa tugunlariga yurak, perikard, ayrisimon bez limfa tomir-
lari va bronx va o‘pka, traxeya va bronxlar tugunlaridan olib ke-
luvchi limfa tomirlari quyiladi. Oldingi ko‘ks oralig‘i limfa tugun-
laridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng va chap vena
burchaklariga yo‘naladi.
408
Ko‘krak aortasi va qizilo‘ngachning yonida joylashgan qizil-
o‘ngach limfa tugunlariga orqa ko‘ks oralig‘i a’zolaridan kela-
yotgan limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ke-
tuvchi limfa tomirlari ko‘krak limfa yo‘liga quyiladi. O‘pka dar-
vozasi sohasida joylashgan bronx va o‘pka tugunlarga
o‘pka lim-
fa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi lim-
fa tomirlari traxeya va bronxlarning ustki va pastki tugunlarga
yo‘naladi.
Traxeya va bronxlarning pastki limfa tugunlari kekirdakning
bosh bronxlarga bo‘lingan joyida joylashsa, o‘ng va chap traxeya
va bronxlarning ustki tugunlari kekirdakning atrofida joylasha-
di. Bu guruh tugunlarga bronx va o‘pka hamda boshqa visseral
tugunlardan keluvchi limfa tomirlari quyiladi. O‘ng traxeya va
bronxlar ning ustki tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa to-
mirlari o‘ng bronx va ko‘ks oralig‘i poyasini hosil qiladi. Chap
traxeya va bronx larning ustki tugunlarining olib ketuvchi limfa
tomirlari ko‘krak lim fa yo‘liga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |