Anatomiya 2014. indd


uning or- qa devorida aorta va pastki kavak vena atrofida ko‘p sonli bel  tu gunlari



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet599/731
Sana21.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#180860
1   ...   595   596   597   598   599   600   601   602   ...   731
Bog'liq
anatomiya fiziologiya va patologiya

  uning or-

qa devorida aorta va pastki kavak vena atrofida ko‘p sonli bel 

tu gunlari

  joylashgan. Ular qorin aortasi va pastki kavak venaga 

nisbatan joylashishiga qarab chap, o‘ng va oraliq bel tugunlari-

ga bo‘linadi.

Ko‘krak qafasi. Ko‘krak qafasida ham parietal va visse-

ral lim fa tugunlari va tomirlari tafovut qilinadi. Ko‘krak qafa-

sining ol dingi devorini ichki yuzasida to‘sh suyagining o‘ng va 

chap tomonida joy lashgan to‘sh atrofidagi tugunlariga



  ko‘krak 

qafa sining oldingi devori, plevra, perikarddan, shuningdek, past-

ki qorin usti va ustki diafragma limfa tugunlari, sut bezlaridan 

kelayot gan limfa tomirlari quyiladi. O‘ng to‘sh atrofidagi tugun-

lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng bo‘yinturuq 

poyasiga yoki paravenoz limfa tugunlariga, chap to‘sh atrofida-

gi tugun lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari esa aorta 

oldi lim fa tugun lariga, shuningdek, ko‘krak limfa yo‘li va chap 

bo‘yinturuq poyalariga quyiladi.

Qovurg‘alararo oraliqning umurtqa pog‘onasi yaqinida joy-

lash gan qovurg‘alar orasidagi tugunlarga

  ko‘krak qafasining or-

qa devori limfa tomirlari yo‘naladi. Ulardan chiqqan olib ketuv-

chi limfa tomirlari ko‘krak limfa yo‘liga, ustki tugunlardan esa 

bo‘yinning chuqur lateral tugunlariga quyiladi. Diafragmaning 

ust ki tugunlariga diafragma, perikard, plev ra va jigarning dia-

fragma yuzasidan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. Ulardan 

chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari to‘sh atrofidagi, orqa ko‘ks 

oralig‘i, past ki traxeya va bronxlarning pastki, bronx va o‘pka tu-

gunlariga quyiladi.

Ko‘krak qafasining visseral tugunlaridan yuqorigi kavak vena 

va aorta ravog‘ining oldingi yuzasida joylashgan oldingi ko‘ks ora-

lig‘i limfa tugunlariga yurak, perikard, ayrisimon bez limfa tomir-

lari va bronx va o‘pka, traxeya va bronxlar tugunlaridan olib ke-

luvchi limfa tomirlari quyiladi. Oldingi ko‘ks oralig‘i limfa tugun-

laridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng va chap vena 

burchaklariga yo‘naladi.




408

Ko‘krak aortasi va qizilo‘ngachning yonida joylashgan qizil-

o‘ngach limfa tugunlariga orqa ko‘ks oralig‘i a’zolaridan kela-

yotgan limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ke-

tuvchi limfa tomirlari ko‘krak limfa yo‘liga quyiladi. O‘pka dar-

vozasi sohasida joylashgan bronx va o‘pka tugunlarga



 o‘pka lim-

fa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi lim-

fa tomirlari traxeya va bronxlarning ustki va pastki tugunlarga 

yo‘naladi.

Traxeya va bronxlarning pastki limfa tugunlari kekirdakning 

bosh bronxlarga bo‘lingan joyida joylashsa, o‘ng va chap traxeya 

va bronxlarning ustki tugunlari kekirdakning atrofida joylasha-

di. Bu guruh tugunlarga bronx va o‘pka hamda boshqa visseral 

tugunlardan keluvchi limfa tomirlari quyiladi. O‘ng traxeya va 

bronxlar ning ustki tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa to-

mirlari o‘ng bronx va ko‘ks oralig‘i poyasini hosil qiladi. Chap 

traxeya va bronx larning ustki tugunlarining olib ketuvchi limfa 

tomirlari ko‘krak lim fa yo‘liga quyiladi.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   595   596   597   598   599   600   601   602   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish