Suyaklarning tuzilishi
Har bir suyak (os) alohida a’zodir. Suyak murakkab tuzilishga
va kimyoviy tarkibga ega. Suyaklarning tuzilishida suyak to‘qima-
si muhim ahamiyatga ega.
U metalldek qattiqlikka ega bo‘lib, molekular massasi 1,93
(suv dan 2 barobar ko‘p). Tirik suyak to‘qimada yoki yangi ajra-
tilgan suyakda 50 % suv, 28,15 % organik moddalar, jumladan
15,75 % yog‘ va 21,85 % no organik moddalar bor. Yog‘sizlanti-
rib quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein, xi-
tin, muguz modda), 2/3 qismi esa noorganik moddalar (kalsiy
tuzlari, ayniqsa ohak o‘rta fosfati – 51,04 %, kremniy va boshqa
moddalar) tashkil qiladi.
Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq va
pishiq qilsa, organik moddalar uning elastikligini ta’minlaydi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |