Umumiy yonbosh venasi (v. iliaca communis) dumg‘aza-yon-
bosh bo‘g‘imi sohasida ichki va tashqi yonbosh venalarning qo‘shi-
lishidan hosil bo‘ladi (172-rasm). O‘ng umumiy yonbosh vena shu
nomdagi arteriyaning orqasida, chap vena esa medial tomonida
joylashadi.
Ichki yonbosh venasi (v. iliaca interna) kichik chanoq bo‘sh-
lig‘ining yon devorida shu nomdagi arteriyaning orqasida yotadi va
uning tarmoqlari qon bilan ta’minlovchi sohalardan qon yig‘adi.
Uning oqim lari parietal va visseral guruhlarga bo‘linadi.
Ichki yonbosh venasining parietal oqimlari chanoq suyaklari va
yumshoq to‘qimasidan qon yig‘adi.
Ichki yonbosh venasining visseral oqimlari kichik chanoq bo‘sh-
li g‘i a’zolari atrofini o‘ragan vena chigallaridan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |