Toq vena (v.azygos) katta bel mushagi orqasida yotdan o‘ng
ko‘tariluvchi bel venasining
davomidir. U o‘z yo‘nalishida pastki ka-
vak venaga quyiluvchi o‘ng bel venalari bilan anastomozlashadi. Bu
vena ko‘krak qafasiga diafragmaning bel qismining o‘ng oyoqchala-
ri o‘rtasidan o‘tib kiradi va toq vena nomini oladi. Ko‘krak qafasi-
da toq vena orqa ko‘ks oralig‘ida yotadi. U umurtqa pog‘onasining
o‘ng tomoni bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilib IV–V ko‘krak umurtqalari
sohasida vena o‘ng o‘pka ildizi orqasidan egilib o‘tib yuqori kavak
venaga quyiladi. Toq venaga o‘ng yuqori qovurg‘alararo vena, orqa
qovurg‘alararo venalar,
yarim toq vena, shuningdek, ko‘krak qafasi
a’zolari venalari quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |