VENA TIZIMI
Kichik qon aylanish doirasi venalari
Kichik qon aylanish doirasi venalari yoki o‘pka venalari qon-
ni o‘pkadan chap bo‘lmachaga olib keladi. Ular har o‘pkada ikkita-
dan jami to‘rtta bo‘lib, uzunligi 1,2–1,5 sm, ko‘ndalang kesimi 14–
18 mm. O‘ng o‘pkaning hajmi katta bo‘lgani uchun uning venalari
yo‘g‘onroq bo‘ladi.
Katta qon aylanish doirasi venalari
Katta qon aylanish doirasi venalari uchta tizimni o‘z ichiga ola-
di: 1) yurak venalari tizimi; 2) yuqori kavak vena tizimi; 3) past-
ki kavak vena tizimi. Bu tizimlarning barchasi yurakning o‘ng bo‘l-
machasiga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |