Gipotireoz – miksidema. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsi-
mon bez faoliyatining pasayishi miksidema kasalligiga olib keladi
Bunda bemor holdan toladi, bo‘shashgan, uyquchan bo‘lib qoladi,
fikr yuritishi susayadi, so‘zlashuvi o‘zgargan, karaxt bo‘lib, xoti-
rasi pasayadi. Terisi quruq, sovuq, sochlari sinuvchan, giperkera-
toz, puls susaygan bo‘ladi. Asosiy almashinuv 30–40 % pasayadi,
odam kam ovqat yesa ham semirib, mehnat faoliyati pasayadi.
Tug‘ma miksedema – atireoz, homiladorlik davrida ona or-
ganizmiga salbiy ta’sirlar oqibatida qalqonsimon bez gipoglaziyasi
vujudga keladi. Bunda bola sekin rivojlanadi, bo‘yi pakana, bo‘yni
juda qisqa, qo‘l-oyoq lari kalta, yuzi shishgan, ma’nosiz qiyofali,
tili katta va og‘zidan chiqib turadi, telba va ongi past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |