deb ataladi.
Sut tishlarining chiqishi. Bola 6–7 oylik bo‘lganida sut tishlari
paydo bo‘la boshlaydi. Birinchi bo‘lib pastki medial kesuvchi tis-
hlar paydo bo‘ladi va 2–2,5 yoshlarda ularning soni 20 taga ye-
tadi. Ustki va pastki tish qatorlarining har bir tomonida 5 tadan
tish: 2 ta kesuv chi, 1 ta qoziq va 2 ta katta oziq tishlar bor.
6 yoshdan keyin bolalarda sut tishlari tusha boshlaydi va ular-
ning o‘rniga doimiy tishlar
chiqa boshlaydi. Birinchi bo‘lib bi-
rinchi katta oziq tish chiqib, 12–13 yoshlarda, doimiy tishlar
chiqib bo‘ladi. 18–25 yosh larda aql tishi chiqqanidan keyin katta
odamda doimiy tishlar 32 taga yetadi. Ustki va pastki jag‘ning har
bir tomonida 8 tadan tish joylashgan. O‘rta chiziqdan lateral to-
monga qarab: 2 ta kesuvchi (kurak), 1 ta qoziq, 2 ta kichik oziq
va 3 ta katta oziq tishlar tafovut qilinadi. Tishlarning joylashish
tartibi tish formulasini hosil qiladi.
Doimiy tishlarning joylashish tartibi (formulasi) quyidagicha:
3.2.1.2 : 2.1.2.3
3.2.1.2 : 2.1.2.3
209
Do'stlaringiz bilan baham: |