Qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘l
(monakov yo‘li) asosiy
ekstrapiramida yo‘li bo‘lib, ixtiyordan tashqari avtomatik harakat-
larni bosh qaradi.
I neyron o‘rta miyaning qizil o‘zagi hujayralari. Ularning ak-
sonlari o‘rta miyaning qopqoq sohasida Forel kesishmasini ho-
sil qilib, qarama-qarshi tomonga o‘tadi. So‘ng lateral tomonga
og‘ib, ko‘prik va uzunchoq miyaning to‘rsimon formatsiyasidan
o‘tib, orqa miyaning yon tizimchasiga yo‘naladi. Yon tizimcha-
da po‘stloq – orqa miya lateral yo‘lidan biroz oldinroq joylashib,
shu tomondagi oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari-
da tugaydi.
II neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayralari.
Ularning aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari tarki-
bida mu shaklarga boradi. Qizil o‘zak va orqa miya orasidagi yo‘l
faoliyat jihatidan miyacha, oraliq miya va yarimsharlarning ba-
zal o‘zaklari bilan bog‘langan. Bu yo‘l orqali bazal o‘zaklar orqa
miyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Qizil o‘zak va orqa miya orasidagi
yo‘lning bir qismi tolalari uch shoxli va yuz nervlarining harakat
o‘zaklariga yo‘naladi.
456
Do'stlaringiz bilan baham: |