34
Yog``lar almashinuvi
. Yog``lar hujayralarda bo`lib, oqsillar singari
plastik va energetik vazifani bajaradi. 1g yog`` parchalanganda 9,3 kkal.
energiya ajratadi. Yog``lar ikki xil bo`ladi: hayvon, o`simlik. hayvon yog``lariga
dumba, charvi, saryog``, baliq yog``lari kiradi. O`simlik yorlariga zig`ir, paxta,
kungaboqar, kunjut, makkajo`xori va zaytun moylari kiradi.Katta yoshli odam
uchun 1 kecha-kunduzda o'rta hisobda 100g yog' kerak. Iste'mol qilingan
yog`'ning 70-75% hayvon, 25-30% o'simlik o'silik yog'idan iborat bo'lishi shart.
6 Oylikdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning har kg vazniga 3,5-4 g,
maktabgacha yoshda 2-2,5g yog' zarur. Yog`’larni yetishmaganda bola ozib
ketadi, organizmning chidamliligi pasayadi.
Yog`'larni ortiqcha qabul qilganda oziq moddalar va oqsillarni o'zlashtirish
buziladi.
Kundalik ovqat tarkibida yog`lar etishmasligi yuqumli kasalliklarga,
tashqi
muxitning noqulay ta'siri- sovuqqa odamning chidamliligi, aqliy va jismoniy ish
bajarish qobiliyati pasayadi. Yog`larni ortiqcha iste'mol qilish semirishga olib keladi.
Suv va mineral tuzlar almashinuvi
. Odam organizmi
uchun mineral tuz
va suv ham zarur. Mineral tuzlarni odam asosan oziq-ovqat bilan oladi. Bir sutkada
odam 10-12,5 g. osh tuzi iste'mol qiladi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha
funktsiyalarning bir xilda kechishini ta'minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi,
surilish,
gaz ajralish, sekretsiya va ajratish jarayonlari uchun ham zarur. Organizm
uchun kaltsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganets, kobalt, mis, rux, brom, yod,
oltingugurt, temir va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror
mineral moddalar etishmasa turli xil kasalliklarga yuzaga chiqadi. M-n.
organizmda
kaltsiy etishmasa nerv va muskul quzg`aluvchanligi kuchayadi, bu spazmofil
kasalligiga olib keladi, yod etishmasa qalqonsimon
bezning faoliyati buzilib,
buqoq, kasalligi paydo bo`ladi, natriy xlorid ko`payib ketsa, harorat ko`tariladi.
Suv odam organizmi barcha hujayra va to`qimalarining tarkibiy qismiga
kiradi. Jumladan qonning 92%, miya to`qimasining 84%, tana muskullarining 70%,
suyaklarning 22%, suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlarning tanasini 50- 60% suv
tashkil qiladi, yoshlarda suv miqdori bundan ko`proq. bo`ladi. M-n. chaqaloq tana
massasining 80% ni suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy protsesslar suv
ishtirokida bo`ladi. Agar odam ovqat iste'mol qilmay, faqat meyorida suv iste'mol
qilsa u 40-45 kungacha uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin.
Aksincha ovqat meyorida bo`lib, suv iste'mol
qilinmasa, tana massasi 20-22%
kamaysa, bir xaftaga etar-etmay odam halok bo`lishi mumkin. Odamning sutkalik
suv balansi 2,2-2,8 l.
Do'stlaringiz bilan baham: