90
4 - laboratoriya mashg’uloti
KO’RISh O’TKIRLIGI VA KO’RISh MAYDONINI ANIQLASh
Nazariy tushuncha.
Tashqi dunyodan ta’surotlarni qabul
qiluvchi organlarga sezgi organlari ya’ni analizatorlar deb ataladi.
Analizatorlarga teri analizatori, hid bilish analizatori, eshitish analizatori, ko’rish
analizatori, ta’m bilish analizatori kiradi. Har bir organ ma’lum ta’sirotni qabul
kiladi.
Ko’rish analizatori tashqi dunyodagi narsalarni rangi, shakli haqida
tasavvur hosil qilishimizga yordam beradi. Ko’zning bevosita ta’sirlovchisi yorug’lik
bo’lib, yorug’lik ko’z retseptorlariga ta’sir etib ko’ruv sezgisini hosil qiladi. Ko’ruv
organi bolaning 11-12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Ko’z akkomodatsiyasi. Akkomodatsiya (ko’zning moslanishi) bu ko’zni
turli uzoqlikdagi narsalarni aniq ajratish qobiliyatidan iboratdir. Ko’z
akkomodatsiyasi ko’z soqqasini harakatga keltiruvchi nervini parasimpatik tolalari
bilan ta’minlangan kipriksimon muskullarni reflektor qisqarishi natijasida gavharni
elastikligi o’zgarishi bilan vujudga keladi. Odam yaqindan narsalarga qaraganda
gavhar qavariqroq bo’ladi, uzoqdan narsalarga qaraganda esa yassiroq bo’ladi.
Yaqindan va uzoqdan ko’rish tug’ma bo’lishi shuningdek, hayot davomida
orttirilishi mumkin. Normal ko’rishda narsalarning tasviri to’r pardada hosil bo’ladi.
Yaqindan ko’rishda esa narsalarning tasviri to’r pardaning oldida hosil bo’ladi.
Uzoqdan ko’rish esa narsalarning tasviri to’r pardaning orqasida hosil bo’ladi.
Yaqindan ko’ruvchi kishilar narsalarni ravshan ko’rishlari uchun ikki tomoni botiq
ko’zoynak taqishlari kerak. Uzoqdan ko’radigan kishilarga esa ikki tomoni qavariq
ko’zoynak taqish tavsiya etiladi. Bunday linzalar ko’z gavharini qo’shimcha ravishda
nur to’plash kuchini orttiradi.
Kishi ikki ko’z bilan ko’rganda qaralayotgan narsaning tasviri har bir
ko’zning to’r pardasiga tushadi. Odam ko’zining ko’rish o’tkirligini o’lchash uchun
maxsus Golovin jadvalidan foydalaniladi. Bu jadvalda harflar yoki boshqa belgilar
bo’ladi.
Biz ko’zimiz bilan narsalarni ko’ramiz, ularning rangini, shaklini, katta-
kichikligini, qaysi tomonimizda, uzoq-yaqinda turganini bilamiz va hokazo. Har bir
narsaning eng mayda detallarini ham ajrata olamiz. Ko’zning bu xususiyati uning
o’tkirligi deyiladi.
Normal ko’z o’tkirligi ikkita buyum bir-biriga qo’shilib ketmasdan,
alohida-alohida ko’rinishi uchun zarur bo’lgan, shu ikki narsa orasidagi eng kichik
masofa bilan aniqlanadi. Agar nur ikkita yorug’ buyumdan ko’zning to’r qavatidagi
bitta kolbachaga tushsa, ular bitta bo’lib ko’rinadi. Shuningdek, ikkita nur yonma-yon
turgan kolbachaga tushganda ham ular bitta bo’lib ko’rinadi. Faqat bu nur ikkita
kolbachani qo’zg’atsa, ya’ni ularning ikkalasiga tushsa, kolbacha orasida
qo’zg’almagan bir kolbacha qolsa, shundagina 2 nuqta bo’lib ko’rinadi. Shu vaqtda
ko’rish burchagi 50 sekundga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: