MODUL-9
NERV SISTEMASINING UMUMIY TUZILIShI VA
FIZIOLOGIYASI
62
orqa va bosh miyaning quyi qismlari (o`zunchoq, o`rta, oraliq miya va miyachada
joylashgan nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimining ikkinchi vazifasi shundan iboratki, u odamning tashqi
muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog`lanishini, muomalasini tashqi muhit
sharoitiga moslashuvini ta'minlaydi. tashqi muhit ta'sirida, atrofdagilar bilan
munosabati natijasida odamda paydo bo`lgan fikrlash, bayon etish, bilim olish, hunar
o`rganish, xotira kabi yuksak insoniy hususiyatlar ham nerv tizimining ana shu
ikkinchi vazifasiga kiradi. I.P. Pavlov nerv tizimining bu vazifasini oliy nerv faoliyati
deb atagan. Nerv tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan (bosh
miya yarim sharlari va uning po`stloq qismi) nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv tizimiga
bo`linadi. Markaziy nerv tizimiga bosh va orqa miya kiradi. Markaziy nerv tizimining
segmentar, ya'ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya'ni
o`zunchoq miya, Varoliy ko`prigi, o`rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Markaziy nerv tizimining yuqori, ya'ni segment ust qismiga bosh miya yarim sharlari
va ularning pustloq qismi kiradi. Markaziy nerv tizimida nerv hujayralari (neyron
tanalarining) markazlari bor. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft
sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar,
hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari
kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bog`lamidan
iborat.
Bajaradigan vazifasiga ko`ra, nerv sistemasi ikki qismga bo`linadi: somatik
va vegetativ nerv tizimi. Somatik nerv tizimi odam tanasining sezgi organlari, skelet
muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi ichki organlar (nafas olish, qon
aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini
boshqaradi .
Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv
hujayralariga neyron deb ataladi. Neyronlar katta kichikligi va shakli jihatidan har xil
bo`ladi. Har bir neyronning tanasida bir talay kalta, shoxlangan usimtalar —
dendritlar va shoxlanmagan uzun usimta —akson bor. Nerv hujayralarining tanalari
va ularning dendritlari to`planib, kul rang moddani hosil qiladi. Miyaning oq moddasi
esa mielin pardasi bilan koplangan nerv tolalari (aksonlar) dan tashkil topgan
bo`ladi. Neyronlar tashqi tomondan parda — memberana bilan koplangan. 5 Nerv
tolasining hususiyatlari.
Nerv tolasining asosiy hususiyati qo`zg`aluvchanlik va O`tkazuvchanlikdan
iborat. Qo`zg`aluvchanlik organizmning tashqi muhitdan ham, ichki muhitdan ham
keladigan har xil ta'surotlarga javob bera olish qobiliyatidir. O`tkazuvchanlik
ko`zrluvchanlikni O`tkaza olish hususiyatidir. Ta'surot berilgandan keyin nerv
tizimida fiziologik protsess ro`y beradi, bu xodisa qo`zg`alish deb ataladi. Bu
qo`zg`alish nerv buylab O`tkaziladi. o`zgaruvchanlik barcha to`qimalarga xos
hususiyatdir. Tuqimani kuzatish uchun ma'lum kuchdagi ta'sirlovchi bo`lishi kerak,
shundagina to`qimada modda almashinuvi vujudga kelib, tirik organizm taasurotga
qo`zg`alish bilan javob beradi. Muskul to`qimasi ko`zg`alsa kisk,arish bilan bez
to`qimasi qo`zg`alsa, sekret yoki shira ajralishi bilan javob beradi. To`qimaning
63
ko`zgguvchi ta'sirlovchilari o`z hususiyatiga qarab fizikoviy, kimyoviy, elektrik,
biologik va boshqa turlarga bo`linadi.
Ta'sirlovchi kelib chiqishiga, organ, to`qimaga ta'siriga ko`ra adekvat va
noadekvat ta'sirlovchilarga bo`linadi. Muayyan to`qima, hujayra va organ uchun xos
bo`lgan ta'sirlovchi adekvat ta'sirlovchi deb ataladi. M-n. ko`zning adekvat
ta'sirlovchisi yoruglik, muskulniki nerv tolasidan keladigan impul's hisoblanadi.
Muayyan to`qima, hujayra va organ uchun xos bo`lmagan ta'sirlovchilar noadekvat
ta'sirlovchi deb ataladi. M-n. muskul to`qimasi nerv tolasidan kelayotgan impul'sdan
tashqari, elektr toki, tuz, kislota ta'sirida ham kisqarishi mumkin. Bular noadekvat
ta'sirlovchilardir, markazlari haqida tushuncha va ularning fiziologik
hususiyatlari.
Sinaps–ikkita neyronning bir-biri bilan tutushgan joyiga aytiladi. Sinaps
(yunoncha sinapsis ulanish, tutashish,)
Qo`zg`algan Hujayralararo vujudga kelgan maxsus funktsional aloqadir.
Sinaps signallarni impulslarga aylantiradi va uzatadi. Bu atama birinchi marta 1897
yili Charlz Sherington tomonidan kiritilgan.
Birta neyron tanasida sinapslarning soni 100 (1200-1700) va undan ortiq
bo`ladi. Xozirgi vaqtda ma'lum bo`lishicha sinaps nerv tolasi, sinaptik va impuls
qabul qiladigan membrana pardasi mavjud nerv tugunchalaridan iborat. Nerv
tugunchalari ichida mayda pufakchalar bilan aralash mediator suyuqlik mavjud
bo`ladi. Kuzatuvchi sinapslardagi mediatorlar atsetilxolin (AX) va noradrenalin
kurinishida bo`ladi. Sinapsga ta'sir etib kelishi bilan nerv tugunalarida, uning
membranasida potentsiallar ayirmasi vujudga keladi.
Natijada mediator moddalarga boy pufakchalar yorilib,impuls bundan
keyingi nerv tolasiga yoki Hujayraga utadi. Shu yul bilan ta'sir perpsinatik
kismdan nostsinaptik kismga utkaziladi. Postsinaptik potentsial nerv tolasida yana
Qo`zg`alish, muskulda qisqarishni keltirib chiqarishi mumkin.
Sinapslarning o`ziga xos xususiyati, shundaki ular orqali ta'surot nerv
tolalariga qaraganda bir muncha sekin o`tadi. Buni sinaptik saqlanish deyiladi.
Sinaps orqal ta'sir faqat bir tomonga bo`ladi. Sinapslar ta'siriga juda sezgir bo`ladi.
Ularga pog`ona osti kuchi bilan ta'sir ettirilganda ham uni yig`ib berish xususiyatiga
ega.
Nerv markazida ma'lum refleks amalga oshishida yoki biror vazifani
bajarilishida bir guruh neyronlar ishtirok etadi. Bir guruh neyronlarning funktsional
birikmasi nerv markazi deb ataladi.
Nutq. funktsiyasi lablar, xiqildoq, harakat muskullarining nerv markazlari,
o`zunchoq miya, o`rta va bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida, so`zlar ma'nosi
tushuniladigan nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida
joylashgan. Nerv markazlari qo`zg`alish, tormozlanish, uyg`unlashuv
transformatsiya, mayinlik, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va
irradiatsaya xususnyatlarga ega. Nerv hujayralari tashqi va ichki muhit omillari
ta'sirida tinchlik xolatidan aktiv xolatga o`tish xususiyatiga ega. Nerv hujayralarining
muhim hususiyatlaridan biri ko`zg`alishdir. Qo`zg`alish tufayli ta'sirga tezda javob
reaksiyasi paydo bo`ladi. o`zgarish vaqtida to`qimada funktsional, fizik-kimyoviy
xodisalar sodir bo`ladi. Nerv tizimining har bir sohasi tashqaridan bo`lgan ta'sirga
64
qo`zg`alish yoki tormozlanish bilan javob qaytaradi. Nerv tizimida qo`zg`alish
jarayoni tormozlanish jarayoni bilan almashinib turadi, ya'ni qo`zg`alish
tormozlanishga, tormozlanish esa qo`zg`alishga o`tib turadi. Qo`zg`alishning nerv
tizimi-markazlarida tarqalishi irradiatsiya deyiladi. Markaziy nerv tizimida bir guruh
neyronlar yoki ayrim nerv markazlari qo`zg`alganda, ikkinchi nerv markaz — lari
tormozlangan holda bo`ladi. Bir guruh muskullarning nerv markazi qo`zg`alib, shu
muskullarni qisqartirsa, ayni vaqtda ikkinchi guruh muskullarning nerv markazlari
tormozlanadi. Masalan, qo`l panjasini musht qilganda elka oldining oldingi
muskullari qisqaradi, ayni vaqtda elka oldining orqa tomonidagi muskullar
bo`shashadi, ya'ni bukuvchi muskullarning nerv markazlari qo`zg`alib, yozuvchi
muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Nerv tizimidagi qo`zg`alish va
tormozlanish jarayonlarining bu xildagi o`zaro ta'siri uygunlik deb ataladi. Chap
oyoqni bukkanda o`ng oyoqning tizza bo`g`imi yoziladi va aksincha.
Nerv markazlaridagi yana bir hususiyat dominanta hususiyati bo`lib, buni
birinchi bo`lib 1923 yilda A.A. Uxtomskiy isbotlagan. Muayyan patda nerv
markazlarida ustun to`rgan qo`zg`alish o`chog`ini A.A. Uxtomskiy dominanta deb
atagan. Ustun turgan qo`zg`alish o`chog`i , boshqa markazlarga keluvchi qo`zg`alish
to`lqinlarini o`ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda boshqa
markazlarda tormozlanish protsessi boshlanadi. Dominantaning vujudga kelishidagi
muhim shartlardan biri nerv hujayralarining o`ta qo`zg`aluvchanligidir. Dominanta
uzoq muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning
ruxiyatiga bog`liq bo`ladi. Dominanta printsipi diqqat aktivligining fiziologik
asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va psixologiyada juda katta
ahamiyatga egadir. O`qituvchilar o`quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda buni hisobga
olishi kerak.
Bola tyg`ilgandan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit ta'siri va
xulq-atvor, nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tugilgan va kichik bog`cha yoshidagi
bolalarning nerv tizimida qo`zg`alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi.
Harakat markazlari orqa va bosh miyada tez qo`zg`alish hususiyatiga ega, shu sababli
bu yoshdagi bolalar ser, harakat va his-hayajonga to`la bo`ladi. Bog`cha yoshidagi
bolalarda qo`zg`alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi
bolalarning harakati va diqqati beqaror bo`ladi va o`zoq davom etmaydi. Bolalarning
yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qo`zg`alish barqaror
bo`lib, o`zoq vaqt ko`zg`alib turadi, hamda ta'sirlar yig`indisi ortib boradi. Yangi
tugilgan bolada ovqatga dominanta paydo bo`ladi. Dominanta markazlari turg`un
bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |