70
o`rnatiladi. Gimnastika zallarida radiatorlar taxta reshetkalar bilan to`siladi. Hozirgi
vaqtda sinf xonalarini nurlanuvchi issiqlik tarqatuvchi isitish sistemasidan keng
foydalanilmoqda. Ba'zi maktablarda pechlar yordamida isitiladi.
Bunday pechlar
o`qish boshlanishidan 2 soat oldin isitilishi kerak, sinf xonalarida havoning sof
bo`lishi uchun xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Qish oylarida fortochkalar
yoki framogalarni ochish bilan shamollatiladi, mashg`ulot o`tiladigan
xonalar har
soatda 5-10 minut shamollatilishi kerak. Xona bir soat mobaynida fortochkalar bilan
shamollatilsa korbanat angidrid gazining miqdori 7% ga kamayadi. Maktab binosi
qurilayotganda devorlar orasiga sun'iy vintilyatsiya uchun joy qo`yiladi, ximiya
laboratoriyasi va duradgorlar masterskoyiga qo`shimcha havo tortuvchi shkaflar
o`rnatiladi. Maktab vrachi sinf xonalaridagi
havo tarkibini fizika, ximiya
kabinetlaridagi sochilgan simob miqdorini vaqti-vaqti bilan aniqlab turishi kerak.
ESHITISH ANALIZATORI
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi,
Eshitish analizatori 3 qismga-tashqi, o`rta va ichki qismga bo`linadi.
tashqi quloq,
quloq suprasi va tashqi eshituv yo`lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va
yunalishini bilishga xizmat qiladi. Tashqi eshituv yo`lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv
yo`li devorchalarida maxsus bezchalar bo`lib, ular yopishqoq moddani ishlab
chiqaradi. tashqi quloq bilan o`rta quloq o`rtasida 0,1 mm qalinlikdagi nog`ora parda
joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo`lib elastikdir. Nog`ora parda havo
to`lqinlarining ta'sirida
tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o`rta
quloqqa o`tkaziladi. O`rta quloq nog`ora bo`shlig`idan, eshituv suyakchalaridan ya'ni
- bolg`acha, sandon, uzangi va evstaxiy nayidan iborat. Bolg`acha dastasi bilan
nog`ora pardaga yopishib turadi, boshchasi esa sandonning asosi bilan birlashib
bo`g`im hosil qiladi. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishgan.
O`rta quloq bo`shlig`i evstaxiy nayi yordamida burun xalqumga tutashadi. Eshituv
suyakchalari nog`ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50
martaga
ko`paytiradi. O`rta quloq bo`shlig`idagi bosim tashqi bosimga barobar bo`lgandagina
nog`ora pardasi normal ravishda tebranadi. Ichki quloq. Labrentdan iborat bo`lib,
yumoloq darcha bilan o`rta quloqqa tutashadi. Suyak laberantning ichida parda
laberent bor. Suyak labrent devorchalari o`rtasida kichik bir bo`shliq bo`lib, bu
bo`shliq perilimfa degan suyuqlik bilan to`ladi. Parda labrint ichidagi suyuqlik
endolimfa deb ataladi. Oval darchaning o`rtasida ichki quloq labrinti dahliz,
chig`onoq va yarim doira kanallar bor. Chig`onoqning ichida Kortiev organi bo`ladi.
Kortiev organi tovush sezadigan organdir. Tovush qabul qilish bola hali ona
qornidayoq shakllangan bo`ladi. Tug`ilishi bilan ishlay boshlaydi.
Har xil tovushlarni
ajratish 2 – 3 oylik bolada shakllanadi. Eshitish organining funktsional rivojlanishi 6-
7 yoshgacha davom etadi, 14-15 yoshda eshitish sezgilari susayadi. So`ngra orta
boradi. Odam qo`log`ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo`lib, sekundiga
16 dan 20000 gG’s gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan
quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog`lom bo`lishi
uchun uning gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak,
quloqni
kovlash mumkin emas. O`rta quloqning yallig`lanishi, ya'ni ottit kasalini oldini