Nafas olishning boshqarilishi.
Nafas jarayoni uzunchoq miya markazi
orqali, nerv va gumoral yo’l bilan boshqarib turiladi. Uzunchoq miyadagi markazni
qozon universitetining professori I.A.Mislavskiy (1855-1922) birinchi bo`lib 1919
yilda aniqlagan. Nafas olish markazi ikki – inspirator va ekspirator qismdan iborat
bo`lib, inpirator qismning qitiqlanishi nafas olishni yuzaga keltiradi. Ekspirator
qismning qitiqlanishi nafas chiqarishni yuzaga keltiradi. Nafas olishni bir maromda
borishi yana Voraliev ko`prigidagi maxsus markazlar faoliyatiga ham bog`liq. Nafas
olish markazi avtomik xolda ishlash xususiyatiga ham ega.
Nafas muskullariga (qovurgalararo, diafragma) markaziy nerv sistemasidan
uzluksiz impulslar kelib turadi. Nafas olishda o’pka kengayib, devorlari cho’ziladi.
Nafas harakatlari bosh miya yarim sharlar po’stlogi tomonidan umumiy nazoratga
olinib, shartli refleks yo`li bilan boshqariladi. Bularga yo’talish, aksa urish kabi
reflekslar misol bo`ladi.
Nafas olishning gumoral boshqarilishi – deganda qondagi karbonat angidrid
va kislorodning oz-ko`pligiga bog`liq. Qonda karbonat angidrid ko`payishi bilan u
uzunchoq miyadagi nafas olish markazining qo`zg’alishiga sabab bo`ladi va nafas
olish tezlashadi. Buni L.Frederik itlarda tajriba o’tkazib isbotladi. Qon tarkibidagi har
xil moddalar adrenalin, noeadrenalin (gormonlar) nafas olish markaziga ta'sir etib,
nafas olish harakatlarini kuchaytirib yuboradi.
Nafas Olish gigiyenasi.
Nafas olish gigiyenasi deganda, tug`ri nafas olishni
ta'minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera havosi burun bo`shlig`iga kirib
isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo`shlig`ida tukchalarning
bo`lishi bunga yordam beradi. Demak burun bilan nafas olish gigiyenik jixatdan
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Og`iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismi
va ko`krak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash xalqum
va traxeyaning shilliq qavatining yallig`lanishiga olib keladi. Ammo gapirganda,
ashula aytilganda og`iz bilan nafas olishga majbur bo`linadi. Shuning uchun ashula
darslari o`tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo`lishi kerak.
Bolalarga tug`ri nafas olishni o`rgatish fizkultura mashqlari o`tkazish
vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va boshqa
turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek, o`tirganda tug`ri nafas olishni bolalarga
o`rgatish kerak.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |