ABDULLA QAHHOR ASARLARINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA TARG’IB QILISH
Toshkent moliya instituti
Mingboyev Ibrohim 2- bosqich talabasi
Anatatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qahhor asarlarini o‘rganish, tadqiq qilish, adabiy ta’limda adib asarlarini o‘rganishda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda samarador metod va usullarini ishlab chiqish. Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanishga bag’ishlanadi.
Kalit so’zlar: Yozuvchi, Adabiyot, innovatsiya, texnologiya.
Bugungi kunda shiddat bilan jadallashib borayotgan taraqqiyot davrida unib o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda va ularga bilim berishda dunyo tan olgan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o’rganish zamon talabi ekanligi davr talabiga aylandi. Shuni inobatga olib biz oldimizda juda katta mas’uliyat turibdi. Ushbu natijaga erishishda o’zbek adabiyotshunoslarining ilmiy meroslarini o’sib kelayotgan yosh avlodga zamonaviy texnologiyalar orqali yetkazish maqsadga muvofiq. Bu usul orqali yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. O’zbekiston Resuplikasi Prezidenti “ Barchamizning kamol topishimizda o’zbek shoir va adiblarimizning – Olloh ularni rahmat qilsin- ulug’ xizmatlari borligini doimo minnatdorlik bilan eslaymiz” – deb ta’kidlagan edi. Ana shu jihatdan Abdulla Qahhor ijodini o’rganish, tahlil qilish va yoshlarga yetkazish sharafli vazifadir.
Ma’lumki, «Adabiyot » darslariga noan’anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Adabiyot taqdiri yurt va millat taqdiri bilan uzviy bogʻliq. Millat ruhi butun murakkabligi va ziddiyatlari bilan avvalo adabiyotda aks etmogʻi lozim. Millatning qalb dardlariga ham dastlab adabiyot malham topadi. Chunki xalqning yashash zavqi susaysa – gʻayrati susayadi. Maʼnaviy-ruhiy gʻayrat pasaysa – fikr va tashabbus toʻxtaydi. Bunga birinchi navbatda adabiyot masʼul. Abdulla Qahhor aytganidek, “Adabiyot atomdan kuchli…” Agar uning kuchi “oʻtin yorish”ga sarf qilinmasa, adabiyot pokiza va muqaddas ish boʻlib qolsa, hech shak-shubha yoʻqki, badiiy soʻzning kuch-quvvati ortib boradi. Inson shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an’analariga iftixor hissini kamol toptirishda «Adabiyot» darslarining o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, biz ham o‘z darslarimizni tashkil etishda aynan shu maqsadlarni ko‘zlagan holda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ish olib boramiz zarur. Ta’lim har doim yangilanishga mushtoqdir. Shuning uchun, iloji boricha, ta’limning yangi usullari ustida izlanishimiz talab etiladi. Chunki o‘quvchi va o’sib kelayotgan yoshlarga ham bir xil qolipdagi darslar yoqmaydi, ularni zeriktiradi. Natijada o‘quvchi darsni yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Har bir usuldagi darslar ikki-uch marta o‘tilganda o‘zini oqlaydi. Me’yoridan oshmasligi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi uchun usullarning turlicha bo‘lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Qahhor tabiati, iste’dod yo‘nalishi jihatidan hayotdagi, odamlar qismatidagi fojeiylikni teran his etadigan adibdir. Uning eng yetuk hikoyalari ayni fojiali holat, qismatlar ifodalangan asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar, hayotdan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan intiho, badiiy yechim bilan yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, ko‘rguliklarning debochasi vazifasini o‘taydi. «Bemor»dagi Sotiboldi xotinining o‘limi, uyqu aralash ayasining dardiga davo tilagan qizaloq va xotini dardiga davo qidirib bor-budidan judo bo‘lgan erning yangidan yangi sarson-sargardonliklari ibtidosidir. Sizga oldindan tanish ,,O‘g‘ri»-dagi cholning najot izlab mansab-martabaning turli zinapoyalarida turgan yulg‘ichlarga duch kelib, shilinib oxirida «najot» topishi -Egamberdi paxtafurushning «himmati»ga sazovor bo‘lishi, bu himmat esa kelgusida yuz berajak avvalgilardan-da og‘irroq talonchilikning o‘zginasidir. «Dahshat» hikoyasida «tiriklar go‘ristoni» Olimbek dodxoh xonadonidan qutulish yo‘lidagi mislsiz jasorati qahramonning halokati bilan tugaydi, biroq qahramon o‘limi dodxoh xonadonini izdan chiqaradi, talotumlarga giriftor etadi. Yozuvchining komik hodisalar, hajviy xarakterlar ifodalangan «Adabiyot muallimi», «San’atkor» hikoyalarida ham fojeiy ruh ustuvor. Har ikki asardagi o‘zlarini dono, bilimdon, madaniyatli qilib ko‘rsatishga intilgan kimsalar o‘zgalarning achchiq istehzolariga, nadomatlariga loyiqdirlar. Bir umrga o‘zgalarga kulgi bo‘lib yashash ham aslida o‘ziga xos fojiadir. Yozuvchi personajlar bisotini, ularning qanday odam ekanligini birinchi galda xatti-harakati, kechinmalari orqali ko‘rsatadi. Bu jarayonlar esa yorqin badiiy detallar orqali namoyon bo‘ladi. Bu xususiyat yozuvchining hajviy hikoyalariga ham xosdir.
Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoda toʻgʻridan-toʻgʻri intellektual, axborot, moddiy-texnik va moliyaviy resurslarni faollashtirish, shuningdek, raqobatbardosh, tijorat uchun istiqbolli ilmiy ishlanmalarni ilgari surish maqsadida yaratilgan koʻplab innovatsion markazlar mavjudki, ularning asosiy maqsadi ilm-fan va ishlab chiqarishni, iloji boricha, uygʻunlashtirishdan iborat boʻlib, bu yoʻlda ilm talab qiladigan mahsulotlar bozorini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirishni koʻzlagan holda saʼy-harakat qilmoqdalar. Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotining asosiy mezoni sifatida innovatsion rivojlanish strategiyasini tanladi. Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi bu yoʻnalishdagi dastlabki qadamlardan biri boʻlganini alohida eʼtirof etish kerak. Innovatsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda uzoq muddatli raqobatbardoshlikni taʼminlashning asosiy omili hisoblanadi. Ayni paytda dunyoning barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida milliy iqtisodyotning samarali rivojlanishida innovatsion faoliyat asosiy ahamiyat kasb etmoqda. Ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish innovatsion faoliyatning asosi hisoblanadi. Ayni shu maqsadlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy Markazi tashkil etildi. Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishi ham ilm-fan natijalarini tijoratlashtirishdan iborat boʻlib, asosiy maqsad yurtimiz ilmiy salohiyatini iqtisodiyotning samarali rivojlanishida xizmat qiluvchi bir mexanizm ishlab chiqishga yoʻnaltirishdir. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqa¬rish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish oliy oʼquv yurti oʼquv oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi. “Biz axborot va kommunikatsiya asrida yashayapmiz” degan hukm mutlaqo to‘g‘ri emas, chunki axborot ham, kommunikatsiya ham azaldan mavjud bo‘lgan, biroq postindustrial jamiyat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining nihoyatda jadal rivojlanishi bilan ajralib turadi. , va ularning imkoniyatlari insoniyat taraqqiyoti, ko'plab kasbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va maishiy muammolarni samarali hal qilish uchun misli ko'rilmagan bo'lib bormoqda. Yangi axborot makonida harakat qilish uchun zarur bilimga ega bo'lgan jamiyat a'zolarigina bu imkoniyatlardan malakali va mohirona foydalana oladi. Turli shahar va mamlakatlarda, turli qit’alarda yashovchi odamlar muloqotning qulayligi va samaradorligi tufayli bir yaxlit loyiha ustida ishlashi, qo‘shma tadqiqotlar olib borishi va tezkorlik bilan natijalar almashishi mumkin bo‘lganida, ular o‘z o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda globallashuvdan foydalanadilar. Gap ta'lim mazmunini o'zgartirish, axborot madaniyatini o'zlashtirish haqida bormoqda - umumiy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri, ta'limning eng yuqori namoyon bo'lishi, shu jumladan shaxsning shaxsiy fazilatlari va uning kasbiy malakasi. E’tibor bering, “madaniyat” tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Ammo barcha farqlarga qaramay, uning eng muhim fazilatlari "o'tmish merosiga chuqur, ongli va hurmat bilan munosabatda bo'lish, hayotning muayyan sohasida voqelikni ijodiy idrok etish va o'zgartirish qobiliyati" deb e'tirof etiladi. Axborot texnologiyalarining asosiy ta'lim ahamiyati shundaki, u o'qituvchi va talaba uchun deyarli cheksiz potentsial imkoniyatlarga ega bo'lgan beqiyos yorqinroq multisensorli interfaol ta'lim muhitini yaratishga imkon beradi. An'anaviy texnik o'qitish vositalaridan farqli o'laroq, axborot texnologiyalari nafaqat o'quvchini katta hajmdagi bilimlar bilan to'ldirishga, balki o'quvchilarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallashga, turli xil ma'lumotlar manbalari bilan ishlashga imkon beradi.
Adib asarlarini targ’ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ushbu dasturni ishlab chiqish foydali deb o’ylayman ushbu dastur orqali biz adib asarlari haqida ham hayot yo’li haqida ham ko’proq malumotga ega bo’lishimiz mumkin. Ushbu Dastur loyiham Vatanimiz tarixida yashab o’tgan ajdodlarimizning boy merosini o’rganish va ularni qayta tiklash, ularning vatanimiz va dunyo ilm-fanida tutgan o’rni shuningdek hozirgi kunda bu me’rosin asrob qolish uchun dasturiamal bo’ladi desam mubolag’a qilmagan bo’laman. 1“Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak...” SHavkat Mirziyoyev. Buyuk ajdodlarimiz yuksak darajalarga qanday erishganini ularning hayot yo'llariga bir nazar solib, ijodlaridagi hikmatlarni o'qib, o’qib va tahlil qilib anglashimiz, lozim bo'ladi. Ushbu dastur orqali Abdulla Qahhor ijodini nafaqat asarlarini hozirgi zamon talablariga mos holda o’rganish mumkin. Dastur orqali bemalol Abdulla Qahhor haqidagi bilimingizni mustahkamlashga imkon beradi. Bu dasturdan nafaqat adabiyotga qiziquvchi yoshlar balki maktab o’qituvchilari ham adabiyot darslarida foydalanishlari mumkin.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda, axborot almashinuvi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Bu imkoniyatdan ilm, shu jumladan, xorijiy adabiyotshunoslik unumli foydalanayotir. Prezidentimiz Internet adabiyotini shakllantirish ehtiyoji yuzaga kelganini bejiz ta’kidlamadilar. Biroq o‘zbek adabiyoti, xususan, adabiyotshunosligini bu borada ibrat qilib ko‘rsatolmaymiz. Shu ma’noda xonandalar, aktyorlar haqidagi veb-saytlar bilan band yoshlarimiz e’tiboriga adabiyotshunoslarimizning Internetdagi ijod oynalarini havola qilish zarurati qachon kun tartibidan tushadi? Masalan, Sizning ijodingiz bitta veb-sayt uchun yetib ortadi— Hozirgi kunda adabiyot, adabiyotshunoslik targ‘ibotini Internetsiz tasavvur etish qiyin.
Foydalanilgan internet saytlari:
Saviya.uz
Kitobxon.com
Milliycha. uz
Do'stlaringiz bilan baham: |