Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan, obyektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak. - Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan, obyektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak.
- 1. Qadriyat (aksiologik) o‘lchovi asosidagi ta’rif. Bunda mada-niyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qimmatlarning yig‘indisidan iborat deb talqin etiladi. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur bo‘lgan shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan qadriy o‘lchovga ega bo‘ladi.«Madaniyat» tushunchasi taraqqiyot, tarix, inson, insonparvarlik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda turadi. Insonning faoliyat natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo‘lgan voqelik predmetli aksiologik ta’rifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatni qamrab oladi. Bu ta’rif kamchiliklardan ham xoli emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik hisobga olishga asoslangan. Bunday yondashuv voqelikka subyektiv baho berishga imkoniyat yaratadi. Aksiologik yondashuv doirasida madaniyat faoliyat natijasi í o‘tmishga aylanib qolib, o‘tmish va hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin.
- 2.Madaniyatni «faoliyat» tushunchasi asosida ta’riflash. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Faoliyat kategoriyasi o‘rganish obyekti inson bo‘lgan fanlar harakatini integratsiya qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o‘ziga xos uslubi sifatida ta’riflash konsepsiyasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to‘ldiradi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki an’analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham muhtojdir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga, o‘zida faoliyat ko‘rsatish va madaniyatning o‘zlashtirish aspektlarini mujassam-lashtiradi. Ijodiyot faoliyat ko‘lami qancha katta bo‘lsa, madaniyat-ning ishlab turishi funksiyasi va kelgusi avlodlarga yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan faoliyat ko‘lami shuncha keng bo‘ladi. Faoliyat maqsadli yo‘naltirilgan faollikdir. Inson qanchalik faol harakat qilsa, shunchalik madaniyatning «chegaralari» yo‘qolib boradi. Bu chegaralar zamon, makon va qimmat o‘lchovlariga ega. Faqatgina belgilangan vaqt intervalida inson faoliyati natijalarini to‘g‘ri tasavvur qilish va ularni rejalashtirish mumkin. Faoliyat natijasi boshlanishidan qanchalik yiroq bo‘lsa, shunchalik uning madaniyat-ga munosabati noaniqlashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |