Ro‘znomalarda, statistik ma’lumotlarda «iqtisod va mada-niyat», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari ko‘p ishlatiladi, bunda madaniyat ma’naviy ustqurma yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nuqtai nazardan iqtisodni, siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari turuvchi soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, mumtoz qadriyatlar va san’atning buyuk namunalari, ideal va yuksak intilishlar madaniyatga taalluqli sohalar bo‘lib, oddiy, kundalik narsalar unga yotdir, degan fikrlar asossizdir. Kundalik hayotda madaniyatga faqat qadriyatlar yig‘indisi sifatida qaralishi ham to‘g‘ri emas, chunki madaniyatda insoniyatga zararli bo‘lgan, eskilik qoldiqlari, to‘liq tekshirib ko‘rilmagan «yangiliklar» kabi salbiy narsalar ham o‘zlashtirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |