Анъанавий Ургут кулолчилиги



Download 284 Kb.
bet3/3
Sana10.09.2021
Hajmi284 Kb.
#170407
1   2   3
Bog'liq
An’anaviy Urgut kulolchilik maktabining qayta tiklanishi va rivojlanishi

uchinchidan, xalq hunarmandchiligi va ijodiy an’analari keng rivojlangan shahar va tumanlarda hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari tashkil etish, hunarmandchilikning noyob turlarini qayta tiklash va yanada rivojlantirish, iste’molchilarga hunarmandchilik mahsulotlari etkazib berish uchun bozor infratuzilmasini shakllantirish; 

to’rtinchidan, hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilishni rag’batlantirish, xorijiy mamlakatlarda o’tkaziladigan ko’rgazma va yarmarkalarda milliy hunarmandchilik mahsulotlarini taqdimot qilishga ko’maklashish. 

Urgut kulollari kosa, shokosa, tog’ora, xum, xumcha, xurmacha, lagan, oftoba, guldon, piyola, samovar, gultuvaklar yasashadi. Sopol idishlarning shakli bir xil bo’lib, faqat o’lchami bilan farq qiladi.

Kulolchilikda sirlash murakkab jarayon hisoblanib, Urgutlik usta kulollar sopol idishlarni sirlashda temir, mis oksidi, kobalt, qo’rg’oshin, oqtosh (chaqmoqtosh)dan foydalanadilar. Lekin Urgut kulolchilik maktabi vakillari ham, boshqa hudud sopol idishlari singari sirlanmagan keramika mahsulotlarini bozorga chiqaradi. Masalan, suvko’za, xumcha. Shuni aytib o’tish kerakki, Urgut kulollari sopol idishlar tayyorlashda ishqordan foydalanmaydilar.

Urgut kulolchilik maktabi vakillari asosan mahalliy xom ashyo hisobidan turli buyumlar yasashadi. Sog’ tuproq Urgutda bo’lib, gilmoya Cho’ponotadan keltiriladi. Beshbuloq qishlog’idan oqtosh (chaqmoqtosh) olib kelinadi. Kulolchilikda foydalanilayotgan bo’yoqlar tabiiy o’simliklardan olinadi. Hamma ranglarni tayyorlashda oqtosh, qo’rg’oshin, bug’doy uni har doim qo’shiladi. Faqat har bir rang uchun alohida ma’lum bir qo’shilma, misol uchun, yashil rangga-mis, jigar rangga-temir, qizil rangga-qizil tuproq aralashtiriladi. Urgut kulolchiligi asosan yashil va sariq ranglar ko’p ishlatilishi bilan ajralib turadi.

Butun Markaziy Osiyo, shu jumladan, Urgut kulollari ham idishlarni bezashda turlicha ko’rinishdagi ornamentlardan foydalangan. Ular ichida barglar, o’simliklar, gullar, chirmoviq, gumbazlar kulolchilik buyumlarida aks ettirilib, ornamentlar ma’lum bir ma’noni anglatadi. Masalan, gumbaz-muvaffaqiyat, ma’lum yutuqlarga erishish, geometrik doiralar-hayotning davomiyligini anglatadi. Ammo shuni aytish mumkin, Urgut kulolchilik maktabi vakillari hayvon tasvirlarini chizmaydi.

Urgut kulolchiligida mahalliy xususiyatlar bilan birga, O’zbekistonning turli kulolchilik maktablarining ilg’or an’analari o’z aksini topgan bo’lib, ayniqsa, Buxoro kulolchilik maktabining ta’siri kuchli seziladi. Chunki iqtisodiy hududlar o’rtasidagi madaniy aloqalar yaxshi rivojlangan. Biroq, so’nggi yillarda Urgut va Denov kulolchiligida o’xshash tomonlar ko’p uchramoqda.

Shuni aytib o’tish kerakki, Urgutda bugungi kunda eng taniqli kulol No’’mon Obloqulov va o’g’illari faoliyat ko’rsatmoqda. U kulollar sulolasining sakkizinchi avlodi[4] bo’lib, otasi Mahkam Obloqulovdan o’rgangan. 5-6 yoshidayoq otasining ishiga yordam berib, kulolchilikning sir-asrorlarini puxta o’rgana boshlaydi. Dastlab kulolchilikda yasagan buyumlari kichik hajmdagi piyola va xurmachalar bo’lsa, keyinchalik u katta, shakli murakkab bo’lgan idishlar qo’l urdi. No’’mon Obloqulov kulolchilik ishini muvaffaqiyatli davom ettirib, 1978 yilda “Ustoz-shogird” guvohnomasini oldi. Uning mustaqil amaliy faoliyati 1980 yillarning boshlariga to’g’ri keladi. 1983 yil Moskva shahrida O’zbekiston kunlari dekadasida yosh kulol No’’mon Obloqulov an’anaviy kulolchilik charxida turli idishlar yasab, master-klass tashkil etdi. Shuningdek, Toshkent, Samaqand, Farg’ona, Xiva va Buxoro shaharlarida amaliy san’at ijodkorlari uchun tashkil qilingan tadbirlarda faol ishtirok etib, har xil nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’ldi[5].

Istiqlol yillarida uning faoliyati yanada rivojlanib, respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilgan forumlar, festivallarda Urgut kulolchilik maktabining o’ziga xos qirralarini ko’rsatib, kulol Obloqulovlar shajarasining munosib davomchisi ekanligini isbotladi. 1995 yil Toshkent shahrida BMT tashabbusi bilan o’tkazilgan tadbirda sertifikat va 1000 AQSh dollari miqdorda grant egasiga aylandi. Bundan tashqari “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Navro’z, Mustaqillik bayramlarda va “Tashabbus” ko’rik-tanlovida qatnashib, 2005 yilda Respublika bosqichida 3-o’rin, 2009 yilda 2-o’rinlarni qo’lga kiritib, o’z imkoniyatlarini moddiy va ma’naviy tomondan yaxshiladi[6].

Uning kulolchilik ustaxonasida an’anaviy charx bilan birga Frantsiyadan keltirilgan zamonaviy charx mavjud bo’lib, kulol zamon bilan hamnafas bo’lib faoliyat ko’rsatayotganligidan dalolat beradi. Kulolning ustaxonasi o’z hovlisida joylashgan bo’lib, bu erda ikkita pech, ikkita charx mavjud. Bu erda xum, xumcha, xurmacha, lagan, tog’ora, oftoba, guldon, kosa, shokosa, piyola, samovar, gultuvaklar yasaladi. Tayyor mahsulotlar asosan mahalliy bozorga, shuningdek, boshqa buyurtmachilar – muzeylar, ko’rgazma zallari, chet ellik mehmonlar, kulolchilikka qiziqadigan turli toifadagi kishilarga etkazib beradilar. No’’mon Obloqulov va uning o’g’illari ustoz-shogird asosida Urgut kulolchilik maktabi an’analarini munosib davom ettirmoqda (ilova).

Adabiyotlar:

1. A. Abdurahmonov. Urgut: tarix va adabiyot. –T.: “ Fan”, 1990. B. 35.

2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. T.: 1997 yil. 1997 yil. Mart. №3. B. 21-22.

3. Xalq so’zi. 1998 yil. №94.

4. Urgutlik kulollar shajarasi. Ilova.

5. No’’mon Obloqulov bilan suhbat. Samarqand. 2007 yil. 16 avgust.



6. No’’mon Obloqulov bilan suhbat. Toshkent. 2008 yil. 25 may.





Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish