BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi I bosqich magistranti G.A.Azamovaning “Analysing materials:Lesson plans” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasiga Taqriz Mazkur ochiq dars uchun tuzilgan ishlanmada dars rejalari gapirish va tinglash texnologiyalarida ko’rsatilgan darsning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yozilgan. Shuningdek asosiy materiallar va mashqlar talabalarning til ko’nikmalari bilan bir qatorda, tanqidiy fikrlash kabi til ko’nikmalarni ham imkor qadar rivojlantirishga qaratilgan. Dars ishlanmasi asosan o’qituvchiga emas, balki talabaga markazlashgan dars o’tishga mo’ljallangan bo’lib, yangi materiallar talabalarning o’zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan.
Ushbu fan yuzasidan o’tkazilgan ochiq dars ishlanmasi talab darajasida dars o’tish bosqichlariga bo’lingan. Dars davomida talabalar faolligini oshirish maqsadida o’qituvchi dars ishlanmasida bir qancha yangi metodlar va qiziqarli o’yinlardan foydalangan. Yangi seminar mashg’ulotini yoritib berish uchun zamonaviy metodlar asosida talabalarda hozirgi texnalogiyalar haqidagi bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar ochiq dars ishlanmasida o’z aksini topgan. Dars davomida qo’llanilgan ushbu interaktiv usullar talabalarda muloqotni mazmunli qilish uchun so’zlarni to’g’ri yasash va nutqda so’zlarni to’g’ri ishlatish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu dars ishlanmasi ochiq dars talablariga javob beradi.
Ingliz tilshunosligi kafedrasi I bosqich magistranti
G.A.Azamovaning “Analysing materials:Lesson plans” mavzusidagi
ochiq dars ishlanmasiga
Taqriz Mazkur ochiq dars uchun tuzilgan ishlanmada dars rejalari gapirish va tinglash texnologiyalarida ko’rsatilgan darsning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yozilgan. Shuningdek asosiy materiallar va mashqlar talabalarning til ko’nikmalari bilan bir qatorda, tanqidiy fikrlash kabi til ko’nikmalarni ham imkor qadar rivojlantirishga qaratilgan. Dars ishlanmasi asosan o’qituvchiga emas, balki talabaga markazlashgan dars o’tishga mo’ljallangan bo’lib, yangi materiallar talabalarning o’zaro fikr almashishi, alohida mulohaza yuritishiga asoslangan.
Darsning yangi mavzuni o’zlashtirish qismida talabalarning avvalgi bilimlari tekshirilib, xotirani charxlash, yodlash texnikalari amalda qo’llanilib, o’zlashtirilgan mavzu mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Ular tarqatma materiallarda ham o’z aksini topgan. Ko’p mashqlarning guruh bo’lib ishlashga qaratilganligi talabalarning sof raqobatlashish ko’nikmasi hamda bilimlarini erkin namoyon etish uchun yaxshi imkon yaratgan.
Mazkur dars ishlanmasida keltirilgan mashqlar, video va taqdimot materiallari ochiq dars talablariga to’la javob beradi.