Husnixat va uni o`qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari REJA: Husnixat va uni o’qitish metodikasi - pedagogik fan. Yozuvning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati. Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi. Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanining vazifasi. Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanining predmeti. Husnixat va uni o’qitish metodikasi - pedagogik fan - Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi.
- Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog`laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishilarning fikr-qarashlari, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Husnixat metodikasiga qo`yiladigan talablar - Husnixatga o`rgatishning vazifalarini amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, o’qitish metod va usullarini, yozuviga o’rgatish tamoyillarini, gigeyenik shartlarini, grafik asoslarini, o’quvchilarning yozuvidagi individuallikni va kamchiliklarini tahlil qilish. sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanining maqsadi - 1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
- 2. Talabalarni - bo’lg`usi o’qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga o’rgatish.
- 3. Boshlang`ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod va usullari bilan qurollantirish.
Husnixat metodikasining vazifalari - 1. Talabalarga husnixatga o`rgatish tarixi va uni o’qitish metodikasi yuzasidan nazariy bilim berish;
- 2. Talabalarda husnixat bilan yozish malakalarini tarkib toptirish;
- 3. Boshlang`ich sinflarda husnixat daqiqalarini rejalashtirish va tashkil etishga o’rgatish.
O`quvchilarni husnixat bilan yozishga o`rgatishning ta`limiy-tarbiyaviy, ijtimoiy ahamiyati - 1. O`quvchilarda mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va tushunarli bajarish ko’nikmasini shakllantiradi.
- 2. Dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lishdan saqlaydi. O’quvchilarning dastxatlariga be’etibor munosabatda bo’lishlari imloviy savodxonlikka putur yetkazadi, o’z xato-kamchiliklarini ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
- 3. Husnixat bilan yozish ijtimoiy ahamiyatga ega. Kishilar turli rasmiy hujjatlarni yozishda, yozishmalarida husnixatga ehtiyoj sezadilar.
Ma`ruza yuzasidan savol va topshiriqlar - Boshlang`ich sinf o’quvchilari qanday ehtiyojlar tufayli husnixatga o’rgatiladi?
- Husnixat va uni o’qitish metodikasining maqsadini yoriting.
- Husnixat va uni o’qitish metodikasining vazifalarini ayting.
- Ta’lim berish jarayonida husnixat bilan yozishni egallash, grafik jihatdan to’g`ri chiroyli yozishga o’rgatish husnixat va uni o’qitish metodikasining nimasiga kiradi?
-
Do'stlaringiz bilan baham: |