Qattiq moddalarning eritmalardan ajralib chiqishi.
Ximiyaviy toza modda ma'lum temperaturada qotadi. Eritmalar esa, umuman aytganda, ma'lum temperaturalar oralig'ida qotadi. Masalan toza suv 00 C da muzlaydi, muz ham 00 C da syuqlanadi. Suyultirilgan eritmalar muzlaganda avval toza erutuvchi qattiq holda ajralib chiqadi. Buning natijasida qolgan eritmaning konsentratsiyasi ortadi, shu sababli uning muzlash temperaturasi pasayib boradi. Nihoyat temperatura ma'lum darajaga yetgandan keyin eritmaning hammasi birdaniga muzlab qoladi. Bu temperatura evtektik temperatura ( yoki kriogidrat temperatura) deyiladi; bu vaqtda qattiq holatga o'tgan massa evtektika deb ataladi.
Masalan osh tuzi- NaCl ning 10 % li eritmasi olinib, u muzlatilsa- 70 da dastlabki muz kristallari hosil bo'ladi. Muz kristallari miqdorining ortishi bilan qolgan eritmada osh tuzining konsentratsiyasi ortib boradi, nihoyat, temperatura- 21,2 0 ga yetganda eritmaning tarkibida 23,41 % NaCl bo'lib, eritma birdaniga muzlab qoladi. Demak osh tuzi eritmasi uchun- 21,2 0 evtektik temperatura, 23,41% esa evtektik konsentratsiyadir.
Demak, NaCl ning 10% li eritmasi-70 bilan 21,2 0 orasida muzlar ekan. NaCl ning boshqa konsentrasiyadagi eritmalari muzlaganda ham xuddi shunday hodisa ro'y beradi, lekin muzlash boshlanadigan temperatura eritmaning konsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi, ammo evtektik temperatura osh tuzining har qangay konsentratsiyadagi eritmasi uchun 21,20 ga tenglicha qolaveradi. Konsentratsiyasi evtektik konsentratsiyadan yuqori bo'lgan eritmalar muzlaganda ham huddi shunga o'xshash hodisa ro'y beradi, faqat farqi shundaki, avval muz emas, tuz ajralib chiqadi, mazsalan, 20 0 da tarkibida 26,4% NaCl bo'lgan to'yingan eritma sovutilsa, avval tuz ajralib chiqadi. Tuz ajralib chiqishi bilan aritmaqning konsentarsiyasi kamaya boradi va 21,2 0 da uning konsentratsiyasi 23,41% ga teng bo'lib, eritmaning hammasi qotib qoladi. Demak, har qanday to'yingan eritma sovutilganda avval tuz kristallari chiqadi va oxirida evtektika hosil bo'ladi.
Eritmalarning evtektik temperaturasi turmushda juda katta ahamiyatga ega, masalan, muz bilan tuz 21,2 0 dan yuqori temperaturada qattiq holatda birga mavjud bo'la olmaydi. Shu sababli tuz bilan muz aralashtirilganda muz eriy boshlaydi; bunda issiqlik yutilib, atrofdagi temperatura pasayadi, bu protsesdan sovitish ishlarida foydalaniladi. Bu usulda evtektik nuqtadan past temperaturaga erishish mumkin emasligi o'z- o'zidan ko'rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |