2.7 Erish termodinamikasi
Bir modda (o'zgarmas bosim va o'zgarmas temperaturada) ikkinchi moddada o'zicha erishi uchun erish protsessida sistemaning izobar potensiali kamayishi, ya'ni izobar potensialning o'zgarishi G manfiy ishorali bo'lishi kerak.
tenglamaga asoslanib G quyidagi ikki holda manfiy ishoraga ega bo'ladi:
a) H<0 bo'lsa, erish vaqtida issiqlik chiqadi va bo'ladi.
b) S>0 bo'lganda ham izobar potensial kamayadi. Bu hol erish aqtida har doim yuz beradi, chunki bir modda ikkinchi modda bilan aralashganda sistemasining entropiyasi (tartibsizlik darajasi) albatta ortadi, shu sababli, bu holda T S ning qiymati H qiymatidan ortiq bo'lishi, erish vaqtida issiqlik yutilishi mumkin. To'yingan eritma hosil bo'lganda T s ning qiymati H qiymatiga teng ya'ni bo'ladi. Demak to'yingan eritma uchun G = 0 ga teng. Agar eruvchi va erituvchi moddalar o'zaro o'xshash tuzilishga ega bo'lsa, ular bir- birida cheksiz eriy oladi, bu holda va G ancha katta manfiy qiymatga ega bo'ladi. Natijada ideal eritma hosil bo'ladi.
III. Xulosa
Xulosa qilib aytganda ikki yoki bir necha moddadan iborat bir jinsli (gomogen) sistemalarga eritmalar deb ataladi. Eritma hajmining barcha qismlarida kimyoviy tarkib va fizik xossalar bir xil bo’ladi. Erish jarayonida o’z agregat holatini saqlab qoluvchi modda ko’pincha erituvchi deb qabul qilinadi; u eritmada nisbatan ko’p bo’ladi, erigan modda eritmada oz miqdorda bo’ladi va eritma hajmi bo’ylab bir tekis taqsimlanadi. Eritmalar uch agregat holatda-qattiq, suyuq va gaz holatlarida bo’lishi mumkin.
Erigan moddaning qanday holatda va uning zarrachalari o’lchamiga qarab eritmalar uch guruhga bo’linadi:
Molekulyar–dispers eritmalar.
Ion–dispers eritmalar.
Kolloid eritmalar.
Molekulyar-dispers eritmalarda erigan modda molekulalargacha parchalangan bo’ladi. Misol sifatida, saxaroza C12H22O11 ning suvdagi eritmasini olish mumkin.
Ion dispers eritmalarda erigan modda ionlargacha parchalangan bo’ladi. Bunga misol sifatida NaCI ning suvdagi eritmasini keltirish mumkin. Kolloid eritmalarda-erigan modda 1-10-3nm kattalikdagi zarralarga ajralgan bo’ladi. misol sifatida oqsilning suvdagi eritmasini olish mumkin (nm-nanometr,1nm 10–9m yoki , ).
Eritmaning tarkibi uning konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Eritma yoki erituvchining ma’lum og’irlik miqdori yoki ma’lum hajmdagi erigan modda miqdoriga konsentratsiya deyiladi. Konsentratsiyani turlicha ifodalash mumkin: hajm va og’irlik o’lchamlarida. Hajm birligida ifodalangan konsentratsiyaga-normal,molyar;og’irlik birligida ifodalangan konsentratsiyaga- foiz, mol, mol nisbati (mol foiz) kiradi. molyar konsentratsiya-bu erigan modda miqdorining eritma hajmiga bo’lgan nisbatidir. SI birliklar sistemasida molyar konsentratsiyasining o’lchov birligi mol/m3 yoki mol/l. Molyar konsentratsiyasi-bu erigan modda miqdorining erituvchi massasiga bo’lgan nisbati bo’lib, uni mol/kg da o’lchanadi. Agar n1, n2, ... ni lar 1, 2, 3, …, i moddalarning eritmadagi mol sonlari bo’lsa i komponentning mol nisbati
Demak, bo’ladi.
Agar bo’lsa, mol foiz bo’ladi. Bundan:
Vant-Goff qonuni: agar erigan modda eritma temperaturasida gaz holatida bo’lib, eritma hajmiga teng hajmni egallaganda edi, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga barobar bo’lar edi. Bu qonun eritmalarning osmotik bosimi konsentratsiya va temperaturagagina bog’liq bo’lib, eruvchan modda tabiatiga bog’liq emasligini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rustamov.X.R. Fizik ximiya,T.,O'qituvchi,2000.
2. N.G.Olimov. Fizik va kolloid kimyo T., O'qituvchi, 2001.
3. H.R.Rahimov "Fizik va kolloid ximiya" Toshkent. "O'qituvchi" 1978.
4. K.S.Ahmedov " Kolloid ximiya" Toshkent, 1990.
5. M.G.Sodiqov, Fizik kimyo ma'ruzalar matni, Qarshi 2007.
6. K.S.Ahmedov, X.R.Rahimov. Kolloid ximiya, T., O'zbekiston, 1992.
7. Драго.Р " Физические методы в химии", "Мир" 1981г
8. www. Ziyonet.uz
9. www. Google.uz
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |