Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Almashinish reaksiyalarining yo‘nalishi



Download 166,31 Kb.
bet23/23
Sana23.07.2022
Hajmi166,31 Kb.
#843326
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Analitik kimyoda ishlatiladigan reaksiyalar va jarayonlar

Almashinish reaksiyalarining yo‘nalishi. Sifat analizida almashinish reaksiyalaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Bunday reaksiyalarning to‘liq oxirigacha borishi bir qancha omillarga bog‘liq. Quyida ko‘rsatilgan shart-sharoitlarda almashinish reaksiyalari chapdan o‘ngga yo‘naladi.
a) Reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan moddalardan biri qiyin eruvchan bo‘lsa jarayon oxirigacha boradi. Masalan,
SrCl2+ H2SO4=↓SrSO4+2HCl
Hosil bo‘layotgan stronsiy sulfatning eruvchanlik ko‘paytmasi yetarli darajada kichik (2,8·10-7) bo‘lganligidan reaksiya shu moddaning amaliy jihatdan to‘la cho‘kishi tomonga qarab boradi. Agar reaksiya natijasida bir emas, balki bir qancha qiyin eruvchan modda hosil bo‘ladigan bo‘lsa, u holda odatda ulardan eng kam eriydigani birinchi navbatda, qolganlari esa eruvchanlikning ortib borishi tartibida cho‘kmaga tushadi.
b) Almashinish reaksiyasida oz ionlanadigan birikmalar hosil bo‘lishi jarayonni chapdan o‘ngga yo‘naltiradi. Bunday reaksiyalarga H+ va OH- ionlari o‘zaro birikadigan neytrallanish reaksiyasi kiradi:
H2SO4+2NaOH=Na2SO4+2H2O.
Bu reaksiya oz dissotsilanadigan suv molekulalari hosil bo‘lishi hisobiga oxirigacha boradi. Kuchsiz kislotalarni ular tuzlaridan kuchli kislotalar yoki kuchsiz asoslarni ular tuzlaridan kuchli ishqorlar ta’sirida siqib chiqarilishi ham kam ionlanadigan moddalar hosil bo‘lishi natijasidir. Masalan:
CH3COONa+HCl=CH3COOH+NaCl
H+ ionlarining ko‘p qismi atsetat CH3COO- ionlari bilan bog‘lanadi va kuchsiz sirka kislotaning ionlanmagan molekulalari hosil bo‘ladi. Kuchli kislota bilan kuchsiz kislota tuzining o‘zaro ta’siridan kislotali eritmalarni neytrallashda ham foydalaniladi, buni amalga oshirishda, ko‘pincha karbonatlar - Na2CO3, K2CO3, CaCO3 va boshqalar ishlatiladi, ular H+ ionlari bilan reaksiyaga kirishib H2CO3 hosil qiladi va bu kislota osonlik bilan karbonat angidrid va suvga parchalanib ketadi:
H+ + CaSO3 = Ca2+ + CO2 + H2O
v) Reaksiya natijasida uchuvchan moddalarning hosil bo‘lishi. Almashinish reaksiyalarining borishi uchun zarur bo‘lgan sharoit, ya’ni eritmada biror ion konsentratsiyasining kamayishi faqat kam eriydigan yoki oz ionlanadigan moddalar hosil bo‘lish natijasidagina emas, balki shu sharoitda uchuvchan moddalar hosil bo‘lishi natijasida ham sodir bo‘ladi. Masalan, qizdirish bilan yoki suvsiz muhitda olib boriladigan reaksiyada vodorod xlorid HC1 gaz holida ajralib chiqadi:
NaCl+H2SO4NaHSO4+HCl
Bu usul bilan biror kislotani uning tuzidan siqib chiqarish uchun o‘sha tuzga olinayotgan kislotaga qaraganda kam uchuvchan kislota bilan ta’sir etish kerak. Ko‘pincha kam uchuvchan kislota sifatida H2SO4 dan foydalaniladi:
KNO3+ H2SO4= K2SO4+HNO3
Keltirilgan ma’lumotlarga suyanib shunday xulosaga kelish mumkin: reaksiya natijasida qiyin eriydigan, kam ionlanadigan yoki oson uchuvchan moddalar hosil bo‘lishi natijasida eritmadan qandaydir ionlarning chiqib ketishi elektrolitlar eritmasida boradigan almashinish reaksiyalari borishi uchun zarur sharoitdir.Yuqorida ko‘rsatilgan shart-sharoitlardan birortasi bo‘lmasa, almashinish reaksiyasi ham oxirigacha bormaydi:
CaCl2+2KNO3↔ 2KCl+Ca(NO3)2
yoki ionli shaklda:
Ca2++2C1-+2K++ 2NO3- ↔2K++2C1- + Ca2++ 2NO3-
Ya’ni eritmada hech qanday reaksiya bormaydi. Almashinish reaksiyalarining borishi qonuniyatlaridan turli-tuman analitik tekshirishlarni bajarishda foydalaniladi.
Download 166,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish