Qaytar va qaytmas reaksiyalar.
Analizda qo‘llaniladigan barcha reaksiyalar qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo‘linadi. Bir vaqtning o‘zida ikkala tamonga boradigan reaksiyalarga qaytar reaksiyalar deyiladi Aksariyat hollarda almashinish reaksiyalari bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, bunday reaksiyalar amalda qaytmas reaksiyalar sanalib, ularni yozganda bitta strelka bilan tasvirlash mumkin. Masalan:
Ba2+ + SO42-→BaSO4.
BaCl2 + Na2SO4 → BaSO4 +2NaCl.
FeS+2HCl→↑H2S+FeCl2
Bu reaksiyalarda cho‘kma tushadi yoki gaz ajralib chiqadi. Cho‘kma yoki gazning hosil bo‘lishi reaksiyani o‘ngga siljitadi. Cho‘kmaning hosil bo‘lishi gaz ajralib chiqishi, kuchsiz elektrolit hosil bo‘lishi reaksiyani o‘ngga siljitadi. Masalan:
Ca2+ +CO32-→ CaCO3
CH3COOH + NaOH → CH3COO- + Na+ + HOH
NH4Cl +NaOH →Na+ + Cl- + NH3+ H2O
Agar AB va CD moddalar aralashtirilsa, reaksiya ma’lum vaqtdan so‘ng to‘xtaydi va eritmada to‘rtta birikma (AB, CD, AB, DB) mavjud bo‘ladi:
AB + CD ↔ AC + DB.
2. Analitik reaksiyalarning yo‘nalishi
Eritmalarda boradigan almashinish reaksiyalari Bertolle qoidasiga bo‘ysunadi. Bu qoidaga ko‘ra “analitik reaksiyalar cho‘kma, gaz, kuchsiz elektrolitlar, kompleks va murakkab ionlar hosil bo‘lishi tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi”.
Bu holat reaksiyaga kirishuvchi va reaksiya natijasida hosil bo‘luvchi moddalar suvda yaxshi eriganda kuzatiladi. Agar hech bo‘lmaganda bitta modda suvda erimasa yoki gaz holida ajralib chiqsa, bunday reaksiyalar oxirigacha boradi. Aslida har qanday reaksiya ma’lum darajada qaytar bo‘ladi, hatto bariy sulfatning hosil bo‘lish reaksiyasi ham qaytar bo‘lib, eritmada, albatta, bariy va sulfat ionlari bo‘ladi. Hozirgi vaqtda almashinish reaksiyalarining yo‘nalishi haqida quyidagi qoidalar ma’lum:
1.Agar bir-biri bilan to‘qnashuvchi ionlar noelektrolit moddalar hosil qilmasa, bunday reaksiyalar natijasida yangi moddalar hosil bo‘lmaydi va eritmada faqat ionlar bo‘ladi.
2.Agar bir-biri bilan ta’sirlashuvchi moddalar kuchsiz elektrolitlar yoki oz eruvchan moddalar hosil qilsa reaksiya shu moddalar hosil bo‘ladigan tomoniga siljib, amalda oxirigacha boradi, masalan:
KOH+HCl→K++Cl-+ H2O
NaOH+HCl→Na++Cl-+ H2O.
CdCl2+H2S →CdS + H+ + Cl-
Bu reaksiyalarda kuchsiz elektrolit H2O va CdS ning hosil bo‘lishi reaksiyani o‘ngga yo‘naltiradi va hosil bo‘lgan H2O va CdS reaksiyada "yo‘naltiruvchi" deyiladi. Ayrim reaksiyalarda "yo‘naltiruvchi" deb yuritiladigan modda reaksiya natijasida hosil bo‘lgandan tashqari reaksiyaga kirishuvchi moddalar orasida ham uchraydi. Bunga misol quyidagi reaksiyalar bo‘ladi:
HCl + NH4OH ↔ NH4+ + Cl- + H2O yoki
KOH + CH3COOH ↔ CH3COO- + K+ + H2O
Bu reaksiyada yo‘naltiruvchilari sifatida NH4OH va CH3COOH ni ham ko‘rsatish mumkin. Ushbu reaksiyada kuchsiz elektrolit suvning hosil bo‘lishi reaksiyani o‘ngga yo‘naltiradi va suv reaksiyada "yo‘naltiruvchi" deyiladi. Agar reaksiya natijasida kam eruvchan moddalar, gazlar, kam dissotsilanadigan kuchsiz elektrolit yoki kompleks birikmalar hosil bo‘lsa, reaksiya shu mahsulot hosil bo‘lishi tomoniga siljiydi. Masalan:
BaCl2 + H2SO4→BaSO4 +2HCl.
NH4Cl + NaOH → Na+ + Cl- +HOH + ↑NH3
2KCN + Hg(CN)2 → 2K+ + [Hg(CN)4]2-.
Yuqorida keltirilgan reaksiyalarda yo‘naltiruvchi sifatida cho‘kma - BaSO4, gaz - NH3 va kam dissotsilanuvchi kompleks ion - [Hg(CN)4]2- bo‘ladi.
CH3COOH + NaOH ↔ CH3COO- + HOH + Na+.
Bu reaksiyada reaksiyaning yo‘naltiruvchilari sifatida H2O va CH3COOH ni keltirish mumkin. Yuqorida aytib o‘tilganidek eritmalarda analitik almashinish reaksiyalarining sodir bo‘lishi Bertolle qoidasiga bo‘ysinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |