8-laboratoriya ishi
Eritmaning pH qiymati va shisha elektrodning standart potensialini aniqlash
Vodorod ionining aktivligini vodorod ioniga nisbatan qaytar elementning EYUK ni o’lchash yordamida aniqlash mumkin. Ko‘p hollarda pH ni o’lchash: Pt, H2/tekshiriladigan eritma //KCl to‘yingan / standart elektrod turidagi elementlaming EYUK ni o’lchashga asoslangan. Vodorod ionining aktivlik ko‘rsatkichi elementning EYUK bilan quyidagicha bog’langan:
bu yerda ,рНо — standart eritmaning vodorod ko‘rsatkichi;
Eo— potensialning o‘lchangan qiymati.
Odatda vodorod elektrodi shisha elektrodi (ahyon-ahyonda surma yoki xingidron) bilan almashtiriladi. Taqqoslash elektrodi sifatida kalomel yoki kumush xloridli elektrod ishlatiladi. Ishni boshlashdan
oldin shisha elektrodini darajalash, ya’ni pH-E bog’liqlikning to‘g‘ri chiziqli sohasini topish lozim.
Ishni bajarish tartibi. Shisha elektrodini ishga tayyorlashda, u oldin ishlatilmagan bo’lsa, 24 soat ishlatilgan bo’lsa, 8 soat 0,1 N HCl eritmasiga solinadi. So‘ngra distillangan suv bilan chayiladi va shundan keyin ishlatilishi mumkin. Elektrodni va pribopni darajalash uchun pH qiymatlari 1,68; 3,56; 4,01; 6,86; 9,68 bo’lgan bufer eritmalar tayyorlanadi. Bufer eritmalarni tayyorlash uchun shisha idishda ikki marta haydalgan bidistillyat ishlatiladi. Har bir eritma uchun EYUK o’lchanadi va pH-Ex bog’liqligi chizmasi tuziladi. Agar chizma to‘g‘ri chiziqli bo’lsa, shisha elektrodi ishga tayyor hisoblanadi.Shisha elektrodining standart potensialini (E0) aniqlashda quyidagi sistemalardan foydalaniladi. 200 ml 0,2 M natriy gidrofosfat eritmasi (A eritma) va 200 ml limon kislota eritmasi (B eritma) olinib, ularning pH qiymatlari ma’lum bo’lgan aralashmalar tayyorlanadi. Buning uchun mikrobyuretkalar yordamida har bir modda eritmasidan quyidagi miqdorlarda olib aralashtiriladi:
5-jadval
Bu eritmalarning EYUK va pH qiymatlari o’lchanadi hamda ular ish jurnalida qayd qilinadi. So‘ngra yuqorida tayyorlangan bufer eritmalardan foydalanib, tuzilgan darajalash chizmasi yordamida eritmalar-ning EYUK ga to’g‘ri keladigan pH qiymatlari topiladi, ular o’lchangan va keltirilgan pH qiymatlari bilan solishtiriladi.
Analiz natijalarini hisoblash. Shisha elektrodining standart potensiali (E0) har bir eritma uchun alohida aniqlanadi:
Hisoblanadigan qiymatlar solishtiriladi va ularning o‘rtachasi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |