Tuzuvchilar:
|
Taxirov Y.R. k.f.n., UrDU “Kimyo” kafedrasi dotsenti
Ashirov M.A. «Kimyo» kаfеdrаsi oʻqituvchisi
|
Taqrizchilar:
|
Polvonov N.S. k.f.n., TTA Urganch filiali “Tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Eshchanov E.U. p.f.n., UrDU “Kimyo” kafedrasi dotsenti.
|
Muharrir:
|
Kuryazov R.Sh. k.f.n., UrDU “Kimyo” kafedrasi dotsenti.
|
SO‘ZBOSHI
Fan va texnikaning taraqqiyoti sanoatning rivojlanishi bilan bir qatorda ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Bu muammolarni oldini olishda kimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir. Bu birinchi navbatda “Analitik kimyo” fanining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun “Analitik kimyo” ning nazariy va amaliy qonuniyatlarini chuqur egallashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
“Analitik kimyo” fanining rivojlanishi boshqa fanlarning rivojlanishiga nisbatan bir necha marotaba jadalroq bo‘lishi kerak. Analitik kimyo oliy ma’lumotli kimyogar mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi, shuningdek, u barcha kimyo fanlarini o‘rganishda tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma “Analitik kimyo” faniga oid boʻlib, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmada asosan analitik kimyo faninig nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va usullarini, analitik reaksiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari va bajarish usullari, atrof-muhitdagi har-xil ob’ektlarning elementar kimyoviy tuzilishini, sifat aniqlashni ta’minlaydigan metodlar, kation va anionlarni sifat aniqlash reaksiyalari, kation va anionlarni aralashmalarini analiz qilish tartibi, quruq tuzlarni aniqlash usullari bo‘yicha laboratoriya mashgʻulotlarini bajarish uchun koʻrsatmalar berilgan.
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma hozirgi zamon ishlab chiqarish texnologiyalarida analitik kimyoning oʻrni, ahamiyati va mohiyatini talabalarga tanishtirish va ulardan kimyo fani va sanoatining rivojlanishini amalga oshirishda foydalanish imkoniyatlarini hozirgi zamon yutuqlari va istiqbolli masalalarini qamraydi.
Ishlab chiqarishning kimyo, kimyoviy tеxnologiya, oziq-ovqat, nеft va gazni qayta ishlash, qurilish matеriallari va boshqa turdosh sohalarida tayyorlanayotgan mahsulotlarning aksariyat koʻpchiligi ma’lum fizik-kimyoviy paramеtrlarni ta’siri natijasida hosil boʻlishi sababli talabalar ularning xossalarini, sifat jihatdan aniqlash usullarini, mahsulot sifatiga taʻsir qiladigan omillarni yaxshi bilishlari hamda bu jarayonlarni tahlil qilgan holda boshqara olishlari lozim.
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma «Analitik kimyo» fan dasturi asosida tuzilgan boʻlib, 5140500 - kimyo yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan. Bundan tashqari ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanmadan ilmiy-tadqiqotchilar, akademik litsey va kasb-hunar kolleji oʻqituvchilari ham foydalanishi mumkin.
GRAVIMETRIYA. IDISHLARNI OLISH VA ULARNI ISHGA TAYYORLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |