Miqdoriy analizda qo’llaniladigan idishlar shishaning maxsus navlaridan tayyorlanib, bu idish kimyoviy ta’sirga chidamli, ya’ni kislota va ishqorlar bilan o’zaro ta’sirlashmaydi, haroratning keskin o’zgarishiga chidamlidir.Ko’pincha ishlatiladigan kimyoviy idishlar quyida keltiriladi.
Kimyoviy stakanlar –1000, 800, 600, 400, 300, 150 va 100 ml hajmli bo’ladi.ulardan cho’ktirish reaksiyalarni o’tkazishda, eritmalar tayyorlashda, suyuqliklarni quyib olishda foydalaniladi.