Shisha tayoqchalar – har xil uzunlikda bo’lib, ularning diametri 4-6 mm bo’ladi. Bu tayoqchalar yordamida moddalarni cho’ktirish vaqtida eritmalar aralashtirilib turiladi, eritmalar filtrga qo’yiladi. Shisha tayoqchaning bir uchiga 10 mm uzunlikda bo’lgan rezina qalpoq kiygizib, bundan stakan devorlarini cho’kma qoldiqlaridan tozalashda foydalanish mumkin.
Shisha voronkalar - (60o burchakli va yuqori diametri har xil bo’lganlari) filtrlash uhun ishlatiladi.
Soat oynalari – bilan changdan va ta’sodifiy mexanik ifloslanishlardan saqlash uchun stakanlar, chinni kosachalar va boshqa idishlarning yuqori qismi berkitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |