KISLOTALARNI ANIQLASH
Kislotalarni aniqlash elektr generatsiya qilingan OH ioni bilan titrlashga asoslangan. Kislotani platina katodida elektroliz qilganda, elektroliz tokining kuchi - Io va kislotaning konsentratsiyasiga mos
ravishda turli jarayonlar kuzatiladi. Agar I0d bo‘lsa, oldin kislotaning vodorod ioni vodorodgacha qaytariladi. Elektroliz jarayonida Io>Id bo‘lishi bilan suvning vodorod ioni qaytarila boshlaydi va OH- ioni hosil bo‘ladi:
2H2O → H2 + 2OH-
Hosil bo‘lgan gidroksil ioni eritmada qolgan vodorod ioni bilan ta’sirlasha boshlaydi. Eritmada kislotaning vodorod ioni qolmagandan keyin hosil bo‘lgan OH- ioni eritmani ishqoriy muhitga o‘tkazadi. Eritmamuhitining o‘zgarishini indikator rangining o‘zgarishi, eritma potensiali yoki elektr o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi bilan topish mumkin. Agar elektrolizning boshidan I0>Id bo‘lsa, faqat suv elektrolizga uchraydi. Titrant I0=const bo’lganda generatsiya qilinsa, titrlash uchun sarflangan
vaqtning qiymatidan foydalanib q=I0τ aniqlanadi va unga asosan kislotaning massasi topiladi. Eritma tarkibidagi fon elektrolitining elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo’lsa, I0 doimiy qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |