Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo


Tayanch so’z va iboralar izohi



Download 1,21 Mb.
bet76/114
Sana22.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#83543
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114
Bog'liq
Физикавий кимё мажмуа

Tayanch so’z va iboralar izohi.
Elektrokimyoviy jarayonlar kinetikasi - zaryadlangan zarrachalar orasidagi fazalararo reaktsiyalarning tezliklari o’rganiladi.
Elektroliz - elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanish jarayonidir.
Qutblanish - elektroliz vaqtida elektrolitli vannadagi elektrodlar orasida tashqi elektr manbaiga qarshi yo’nalgan potentsiallar ayirmasi - elektr yurituvchi kuchni vujudga kelish jarayonidir.
Kimyoviy qutblanish - kimyoviy galvanik elementlar vujudga kelishidan kelib chiqqan qutblanishdir.
Eritmadan elektr toki o’tishi va elektroliz borishi uchun elektr yurituvchi kuch ma'lum minimum qiymatidan kam bo’lmasiligi kerak va bu elektr yurituvchi kuch ajralish kuchlanishi deb ataladi.
Mavzu bo’yicha nazorat savollari.
1.Elektroliz -qanday jarayon?
2.Faradey qonunlarini bilasizmi?
3.Kutblanishlarning paydo bo’lishini tushuntiring
4.Kimyoviy qutblanishni qanday yo’qotsa bo’ladi?
5.Kontsentratsion qutblanishni-chi?
6.Ajralish potentsiali nima?
7.Ajralish kuchlanishi deb nimaga aytiladi?
8.O’takuchlanish nima?
9.Elektroliz jarayoni qaysi joylarda qo’llaniladi?
10.Nomuvozanat elektrokimyoviy jarayonlar deb nimaga aytiladi va bu jarayonlarni izohlang.


Adabiyotlar:

1.X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O’zbekiston”, 2000., 355-370 betlar.


2.Fizik kimyo fanidan amaliy mashqulotlar G`B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov, R.S.Tillaev/ - 4-ruscha nashr tarjimasi, T., O’zbekiston, 1999., 317-323 betlar


Ma'ruza №20.
KIMYOVIY REAKTSIYALAR KINETIKASI. REAKTSIYA TEZLIGI.
REJA:
1. Formal kinetika. Reaktsiya tezligi. Tezlik domiysi.
2. Reltsiyalarning molekulyarligi, tartibi
3.Kimyoviy reaktsiyalar kinetik klassifikatsiyasi.
4. Birinchi va ikkinchi tartibli reaktsiyalar.

Kimyoviy reaktsiyalar tezligi. Formal kinetika. Kimyoviy kinetika - kimyoviy jarayonlarni vaqtda borish qonuniyatlari, ularning mexanizmlari (bosqichlari) haqidagi ta'limotdir. Kimyoviy reaktsiyalarning tezligi, reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga, ularning kontsentratsiyasiga, haroratga, katalizatorning ishtirok etish-etmasligiga va boshqa bir qancha omillarga bog’liqdir.
Kimyoviy kinetikani o’zgarmas temperaturada reaktsiya tezligi bilan reaktsiyalarning kontsentratsiyasi orasidagi bog’lanishni tekshiradigan sohasi rasmiy (formal) kinetika deyiladi.
Umuman olganda, reaktsiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasining vaqt birligi ichida o’zgarishi reaktsiya tezligi deb aytiladi.
Reaktsiyaga kiritayogan moddalar kontsentratsiyasi vaqt o’tishi bilan kamayib boradi. Buning natijasida reaktsiyaning tezligi ham ќar xil vaqtda turlicha bo’adi. Shuning uchun xakikiy tezlik reaktsiyaga kirishuvchi modda miqdorining cheksiz kichik vaqt ichida reaktsion fazo birligida o’zgarmas cheksiz kichik miqdoriga teng bo’ladi.

Bu ta'rif ancha umumiy bo’lib, har qanday murakkab rektsiyaga (har qanday sharoitdagi) qo’llash mumkin. Agar reaktsiya berk, gomogen muhitda borsa reaktsion fazo o’rniga hajm qo’yish mumkin. (R=V)

Sistema hajmi reaktsiya mobaynida o’zgarmasa uni differentsial ostiga kirgazish mumkin va Smv ekanligini hisobga olsak, quyidagi tenglamani hosil qilamiz.
Vdcdt
Boshqa tomondan reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning kontsentratsiyasi vaqt o’tishi bilan kamayib boradi, reaktsiya natijasida hosil bo’layotgan moddalarning kontsentratsiyasi esa, aksincha ko’payib boradi. Reaktsiya uchun dastlabki moddalar kontsentratsiyasining o’zgarishi o’lchanganda dc/dt oldiga manfiy, reaktsiya mahsulotlari kontsentratsiyasining o’zgarishi o’lchanganda esa musbat ishora qo’yiladi. Ya'ni V=±dc/dt bo’ladi. Yuqoridagi tenglamaga qaytsak reaktsiya geterogen bo’lsa va fazalar chegarasida borsa reaktsion fazo o’rniga yuza qo’yiladi (R=S).
Massalar ta'siri qonuni reaktsiya tezligiga reaktsiyaga kirishuvchi moddalar kontsentratsiyasi ta'sirining matematik ifodasidir
aAbB ↔ c CdD
Reaktsiyaning tezligi masalalar ta'siri qonuniga muvofiq quyidagicha yoziladi Vk [A]a[B]b
Bu yerda k- proportsionallik koeffitsienti bo’lib, reaktsiyaning tezlik konstantasi deb ataladi. Agar reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning kontsentratsiyalari birga teng bo’lsa: V=k bo’ladi.
Demak, tezlik konstantasi (k) reaktsiyaga kirishuchi moddalarning kontsentratsiyalari birga teng bo’lgandagi reaktsiya tezligidir. Shuning uchun ba'zan k ni solishtirma tezlik deb ham ataladi. Reaktsiyalar tezligi kuzatilgan tezlik bilan emas, tezlik konstantasi bilan solishtiriladi. Tezlik konstantasining qiymati reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning tabiatiga, temperaturaga va katalizatorga bog’liq bo’lib, reaktsiyaga kirishuvchi moddalarning kontsentratsiyasiga (yoki partsial bosimga) bog’liq emas



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish