TAYANCH KONSPEKT
1-MA`RUZA
KIRISH. FIZIKAVIY KIMYO FANI, PREDMETI VA UNING KIMYOVIY FANLAR ORASIDAGI O`RNI
1. Fizik kimyo fani,fizik kimyo faninig asosiy bo`limlari Fanning boshqa kimyoviy fanlar o`rtasidagi o`rni .Texnologiyada, ishlab chiqarishda fizik kimyo fanining ahamiyati18 asr o’rtalariga kelib kimyo, fizika fanlarining ko’pgina sohalarida anchagina ma'lumot, qonun va qonuniyatlar ochildi. Bularga Angliyadagi D. Dalton (1801-1803), Frantsiyadagi L. Gey-Lyussak (1802 y) va A. Italiyalik olim A. Avogadro (1811y) larning gaz holatdagi moddalar haqidagi muhim qonunlarini kashf qilinganligi, Galvani va Voltalarning (Italiyada) 1799 y da galvanik element tuzganligi; Angliyalik Devi moddalarning elektrokimyoviy ta'sirlanish nazariyasini, uning shogirdi M. Faradey (1833-1834) elektrolizning miqdoriy qonunlarini ochganligi, yuqoridagi va ulardan oldin aniqlangan adsorbtsiya Shvetsiyada (1773)y Shile, Frantsiyada (1777y). Fontana, Rossiyada (1785)y. T.E.Lovits qonunlari, kattaligi reaktsiyalar (Devi, Tenar, Bertselius) va boshqa, boshqa olimlar kashfiyotlarida kimyoviy reaktsiyalar borish jarayonida ko’pgina fizik hodisalar ( issiqlik o’tishi, yutilishi yoki chiqishi, yorug’lik chiqishi yoki yutilishi, elektr hodisalari, hajm o’zgarishlari va x.k.) bilan yonma-yon, birgalikda borishi aniqlangan.
Ma'ruza № 2
TERMOKIMYO. GESS QONUNI. TURLI JARAYONLARNING ISSIQLIK EFFEKTLARI.
1. Asosiy tushunchalar,termodinamikaning 1-qonuni. 1-qonunning har - xil jarayonlarga tadbiqi. Gess qonuni va xulosalari.
Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning qonun va tushunchalari kimyoviy jarayonlarga tadbiq etadi. Kimyoviy termodinamikaning qonuniyatlarini keltirib chiqarish uchun sistemaning boshlang’ich va oxirgi holatini, shuningdek jarayon borayotgan shart -sharoitlarni (temperatura, bosim va x.k.) bilish lozim.
Ma'ruza № 3
ISSIKLIK EFFEKTLARINING TEMPERATURAGA BOG`LIQLIGI, ISSIG`LIK SIGIMI (KIRXGOFF TENGLAMASI)
1. Issiqlik sig’imi, turlari, Issiqlik effektini temperaturaga bog’liqligi Kirxgof qonuni. Termodinamik va termokimyoviy hisoblarda gaz, suyuq va qattiq moddalarning issiqlik sig’imlaridan foydalaniladi.
Issiqlik sig’imi deb, 1 massa birligidagi moddani 1 K ga isitish uchun ketgan issiqlikga aytiladi; solishtirma va molyar issiqlik sig’imlari qo’llaniladi. Solishtirma issiqlik sig’imi -yuqorida keltirilgan. 1 mol moddani 1 K ga isitish uchun ketgan issiqlik miqdoriga molyar issiqlik sig’imi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |