Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo


Galvanik elementlar va ularning elektr yurituvchi kuchi



Download 6,67 Mb.
bet96/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

4.1.Galvanik elementlar va ularning elektr yurituvchi kuchi.

Kimyoviy reaktsiya natijasida elektr energiyasi ishlab chiqaradigan, yani kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan asboblar Galvanik elementlar deyiladi. Bunday elementni tuzish uchun o’zaro tegib turgan ikki elektrolit eritmasiga ikki xil metall tushirilib, bu metallarning uchlari bir - biriga ulanadi. Elektr toki beruvchi Galvanik element muvozanat holatida bo’lmaydi. Tok kuchi kamayishi bilan elektrodlar o’rtasidagi potentsiallar ayirmasi orta boradi. Tok kuchi cheksiz kamayganda va sistema amalda muvozanat holatiga kelganda element qaytar holda ishlaydi. Galvanik element qaytar holatda ishlaganda hosil bo’ladigan potentsiallarning maksimal farqi uning elektr yurituvchi kuchi EYUK deyiladi.

B.S.YAkobi-Daniel element qaytar Galvanik elementga misol bo’laoladi. Bunda rux plastinka Zn SO4 eritmasiga, mis plastinka CuSO4 eritmasiga botiriladi. Bu element sxematik ravishda quyidagicha yoziladi.

(+) Cu  Cu SO4  Zn SO4  Zn (-)

Eritmalar bir - biri bilan kaliy xlorid eritmasi solingan sifon orqali tutashtiriladi yoki bu ikki eritma orasiga yarim o’tkazgich parda qo’yiladi. Olingan Zn va Cu elektrodlarining standart potentsiallari yani ularda katta farq bo’lganligi sababli rux plastinka eriydi va eritmaga o’tadi, mis ionlari esa, mis plastinkaga cho’kadi, yani oksidlanish qaytarilish reaktsiyalari boradi. Rux elektronlar berib oksidlanadi, mis esa, elektronlarni qabul qilib qaytariladi. Agar Cu va Zn elektrodlari o’zaro sim orqali ulansa, ortiqcha elektronlar Zn elektroddan Cu elektrodga o’ta boshlaydi va tashqi zanjirda tok hosil bo’ladi. Buni galvanometr yordamida bilish mumkin.


Zn  Zn2++ 2 e

Cu2+ +2 e  Cu

yoki Zn+ Cu2+ = Zn2+ + Cu

Natijada, Galvanik elementning tashqi zanjirida elektronlar oqimi, ichki zanjirda kation va anionlar oqimi hosil bo’ladi.

Har qanday Galvanik elementning EUYK tenglamasi uning elektrod potentsiallari farqiga teng.

E = E1 - E2

Bu erda,

E - Galvanik elementning EYUK, E1 va E2 - elektrod potentsiallari.

Har qanday Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi eritmaning rN ga bog’liq. Eritmalarning rN ni potentsiometrik aniqlash uchun Galvanik elementning EYUK aniqlab, rN va E o’rtasidagi bog’lanish formulasiga qo’yiladi, so’ngra rN hisoblanadi. Galvanik elementlarning EYUK kompensatsiya usuli bilan aniqlanadi.




Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish