Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo


Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi



Download 6,67 Mb.
bet93/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

1.Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi. Fizik kimyoning kimyoviy energiyani elektr energiyaga, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadigan bo‘limi elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, elektroliz, elektr o‘tkazuvchanlik va elektr yurituvchi kuchlar haqidagi ta’limotlarni o‘rganadi.

Barcha moddalar elektr o‘tkazuvchanligi jixatidan o‘tkazgich, yarim o‘tkazgich va izolyatorlarga bo‘linadi. O‘tkazgichlarning o‘zi 1 tur va 2 tur o‘tkazgichlarga bo‘linadi. 1 tur o‘tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalari kiradi. 2 tur o‘tkazgichlarga elektrolitlarning –( tuzlar, kislotalar va asoslarning) eritmalari kiradi. Bularda elektr toki elektrolit ionlari orqali uzatiladi, natijada modda kimyoviy jixatdan o‘zgaradi.

Moddalarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazish xususiyati elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi elektrolitik dissotsialanish natijasida eritmada paydo bo‘lgan ionlar tufaylidir. Eritmalarda elektr zaryadini tashuvchilar ionlar bo‘lgani sababli, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning kontsentratsiyasiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik vaqt birligi ichida elektrolit orqali o‘tgan elektr miqdori bilan o‘lchanadi. Elektr o‘tkazuvchanlik qarshilikka teskari kattalik. Shuning uchun qarshilik (R) o‘tkazgichning uzunligi (l) ga to‘g‘ri va ko‘ndalang kesimiga (S) ga teskari proportsional bo‘ladi.  - solishtirma qarshilik.

R =\S


Solishtirma qarshilikka teskari qiymat (1/ S) solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik deyiladi.

Solishtirma elektr o'tkazuvchanlikning ionlar kontsentratsiyasiga bog‛liqligi.

Ionlarning kontsentratsiyasi qanchalik yuqori va ularning absolyut tezligi qancha atta bo‘lsa, solishtirma o‘tkazuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi.

Solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik kontsentratsiya ortishi bilan ma’lum maksimum qiymatga qadar ko‘payib boradi, shundan keyin ionlar orasidagi o‘rtacha masofa kamayishi bilan ionlararo ta’sir kuchlari ortganligidan ionlarning harakatchanligi kamayishi sababli, solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik ham kamaya boshlaydi. Shu sababli, elektr o‘tkazuvchanlikni o‘rganish uchun ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik () tushunchasidan foydalaniladi. U berilgan eritmada 1 gr ekv. elektrolitdan hosil bo‘lgan ionlarning o‘tkazuvchanligini ko‘rsatadi va quyidagicha ifodalanadi.

= 1000 x/s bunda,

x - solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik,

s - eritmaning gr ekv./l da ifodalangan kontsentratsiyasi.

Demak, ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo‘lganda tarkibida 1 gr ekv. erigan modda bor eritmaning elektr o‘tkazuvchanligidir.

Eritmalarda elektr zaryadni tashuvchilar ionlar bo‘lganligi sababli eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ionlarning kontsentratsiyasiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi.

Kolraush qonuniga asosan, eritma cheksiz suyultirilganda ekvivalent elektr o‘tkazuvchanligi kation va anionlar harakatchanligining yig‘indisiga teng bo‘ladi.

= kl + al

Kuchsiz elektrolitlar eritmalarining dissotsialanish darajasi S.Arrenus nazariyasiga ko‘ra, elektrolitlar eritmalarda ionlarga dissotsilanadi va dissotsialanish darajasi ionlarga ajralgan molekulalar sonini dastlabki eritilgan molekulalar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Eritma suyultirilgan sari elektrolitning dissotsialanish darajasi ortib boradi.




Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish