Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo



Download 6,67 Mb.
bet114/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

Temperatura ta’siri:

N2 + 3H2 2NH3 ΔH=-92,4kJ temperatura oshirilganda muvozanat endotermik reaktsiya ya’ni issiqlikni yutilishi bilan boradigan reaktsiya tomoniga, temperatura pasaytirilganda esa, ekzotermik, ya’ni issiqlikni chiqishi bilan boradigan reaktsiya tomoniga siljiydi.

Misolimizda to’g’ri reaktsiya (NH3 ning hosil bo’lishi) ekzotermik, teskari esa endotermik, shuning uchun temperatura ko’tarilganda muvozanat endotermik reaktsiya tomoniga (chapga, NH3 parchalanishi) siljiydi.



Temperatura pasayganda esa muvozanat o’ngga (ekzotermik-NH3 ning hosil bo’lishi) siljiydi.

Bosimning ta’siri: bosim va hajmning o’zgarishi faqat gazlar ishtirok etadigan reaktsiyalar muvozanatiga ta’sir ko’rsatadi va bu sharoitda reaktsiya hajmning o’zgarishiga olib keladi.

Agar dastlabki moddalar va reaktsiya mahsulotlari molekulalari soni bir xil bo’lsa, hajm ham bir xil bo’ladi, bunday sistemalar muvozanatiga bosim ta’sir etmaydi.

Agar molekulalar soni har xil bo’lsa, sistema bosimning o’zgarishi muvozanatning siljishiga ta’sir qiladi.

Bosim ortganda sistema muvozanati gazsimon moddalarning molekulalari soni kamayishi bilan boradigan reaktsiya tomoniga, bosim kamayganda esa, gazsimon moddalarning molekulalari sonini ortishi bilan boradigan reaktsiya tomonga siljiydi.

N2 + 3H2  2NH3

1+3=4 mol 2mol bosim ortsa – NH3 hosil bo’lishi tomoniga (o’ngga), bosim kamayganda esa chapga siljiydi.

Temperatura o’zgarmas bo’lganda, gaz hajmi bosimga teskari proportsionaldir, bosim ortsa, gaz hajmi ham shunchalik kamayadi.

Demak, sistema hajmi o’zgarishi bilan boradigan reaktsiyalarda muvozanatni siljishini aniqlashda bosim ta’sirida qanday bo’lsa, shunday mulohaza qilinadi.

Reaktsiyaning chap va o’ng tomonida hajmlar bir xil bo’lsa, hajmning o’zgarishi muvozanatni siljishiga ta’sir ko’rsatmaydi.

H2(g)+J2(g)­  2H J(g)

chunki bunday sistemalarda molekulalar soni ham teng, bosim ham tengdir.

Katalizatorlar to’g’ri reaktsiyani ham, teskari reaktsiyani ham bir xil darajada tezlatadi va shuning uchun muvozanatni siljitmaydiyu, biroq muvozanat qaror topishini tezlatadi.

Katalizatorlarning roli shundaki, ular sistemaning aktivlanish energiyasini kamaytiradi, aktiv molekulalar sonini ko’paytiradi, natijada reaktsiya tezligi ortadi, muvozanat qaror topishini tezlatadi.




Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish