Reaktstsiya tezligining turli omillarga bog’liqligi
Kimyoviy reaktsiyalarning tezligi turli omillariga bog’liq bo’ladi:
-reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning kontsentratsiyasiga;
-temperaturaga;
-reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga (aktivlanish energiyasi);
-moddalarning maydalanish darajasiga (geterogen reaktsiyalarda);
-har xil turdagi nurlanishlarga (rentgen nuri, quyosh nuri, ultra-binafsha va infraqizil nurlanishlar);
-katalizatorning ishtirokiga;
-bosimga (agar reaktsiyada gazlar ishtirok etsa).
Demak, kimyoviy reaktsiya tezligi shunchalik katta bo’ladi: agar aktivlansh energiyasi qanchalik kichik bo’lsa, kontsentratsiya, bosim, temperatura qancha katta bo’lsa, hamda moddalar qanchalik maydalangan bo’lsa yoki katalizator hamda biron bir nurlanish ta’sir ettirilsa, kimyoviy reaktsiya tezligi shunchalik katta bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |