Analitik, fizik-kolloid va biologik kimyo


Kimyoviy reaktsiyalarning qaytarligi



Download 6,67 Mb.
bet110/211
Sana10.09.2021
Hajmi6,67 Mb.
#171126
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211
Bog'liq
MAJMUA Anal. fizkolloid kimyo 2020yil (2) mirjahon

Kimyoviy reaktsiyalarning qaytarligi.

Kinetika nuqtai nazaridan barcha kimyoviy reaktsiyalar yo’nalishiga qarab: qaytmas va qaytar reaktsiyalarga bo’linadi.

Bir yo’nalishda oxirigacha boradigan yoki reaktsiya uchun olingan moddalarning hammasi batamom reaktsiya mahsulotiga aylanishi bilan boradigan reaktsiyalar qaytmas reaktsiyalar deyiladi.

Qaytmas reaktsiyalar o’zining yo’nalishini temperatura va bosimning o’zgarishi bilan o’zgartirmaydi. Kimyoviy reaktsiyalar qaytmas deb hisoblanadi: agar reaktsiya mahsulotlarining birortasi reaktsiya sferasidan quyidagi ko’rinishda chiqarilsa:

a) gaz holida: BaCO3+2HCl=BaCl2+H2O+CO2

CaCO3 CaO+CO2

2KClO3 2KCl+3O2

Zn+H2SO4=ZnSO4+H2

b) cho’kma holida: NaCl+AgNO3=AgCl+NaNO3

CaCl2+Na2CO3=CaCO3+2NaCl

Fe+CuSO4=Cu+FeSO4

v) kam dissotsiyalanadigan birikma - suv, asos, kuchsiz kislota va kompleks tuz holida: Ca(OH)2+2HCl=CaCl2+2H2O

CH3COONa+HNO3=CH3COOH+NaNO3

Al(OH)3+NaOH=Na[Al(OH)4]

g) katta miqdordagi issiqlik va yorug’lik ajraladi, masalan, yonish reaktsiyalarida:

4P+5O2=2P2O5+Q+h

kaytmas reaktsiyalarida odatdagi sharoitda reaktsiya mahsulotlari dastlabki moddalarga aylanmaydi. Shunday reaktsiyalar ham ma’lumki, ular mazkur sharoitda oxirigacha bormaydi. Masalan, oltingugurt (IV) oksid suvda eritilganda quyidagi reaktsiya boradi:

SO2 + H2O → H2SO3

Biroq suvdagi eritmada faqat ma’lum miqdordagina sulfit kislota hosil bo’ladi. Bunga sabab shuki, sul’fit kislota beqaror kislota bo’lib, teskari ya’ni oltingugurt (IV) oksid bilan suvga ajralish reaktsiyasi sodir bo’ladi. Shuning uchun ham bu reaktsiya oxirigacha bormaydiki, bir vaqtning o’zida ikkita reaktsiya to’g’ri (oltingugurt (IV)-oksid bilan suv o’rtasida) va teskari (sulfit kislotaning parchalanishi) reaktsiyalari sodir bo’ladi. Bunday reaktsiyalarda tenglik (=) ishorasi o’rniga qarama-qarshi yo’nalgan strelkalar  qo’yiladi. Yuqoridagi reaktsiyani quyidagicha yozamiz:

SO2 + H2O  H2SO3

Chapdan o’ngga boradigan reaktsiyaga to’g’ri, o’ngdan chapga boradigan reaktsiyaga teskari reaktsiya deyiladi.

Ayni bir sharoitda qarama-qarshi tomonga boradigan reaktsiyalar qaytar reaktsiyalar deyiladi.

Agar to’g’ri reaktsiya ekzotermik bo’lsa, teskari reaktsiya endotermik bo’ladi. energiyaning saqlanish qonuniga asosan, qaytar reaktsiyalarda to’g’ri reaktsiya natijasida ajralib chiqadigan issiqlik, teskari jarayonda yutiladigan issiqlikka teng bo’ladi yoki aksincha.


Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish