Amonova sabohatning


Material sig’imining omilli tahlilini tuzilishi2



Download 412,49 Kb.
bet7/10
Sana08.07.2022
Hajmi412,49 Kb.
#758250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMONOVA SABOHAT Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish KURS ISHI

Material sig’imining omilli tahlilini tuzilishi2
Korxonada ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga boshqa omillar bilan
bir qatorda moddiy resurslar bilan ta’milanish darajasi ham ta’sir qiladi. Moddiy
resurslar bilan ta’minlanish darajasini aniqlash uchun korxonada mavjud bo’lgan
moddiy resurslarning xaqiqiy hajmini (miqdorini) me’yor bo’yicha talab
qilinadigan hajmiga (miqdoriga) bo’lish kerak. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik
bo’yicha ham, har bir moddiy resursning turi (TMZ turlari bo’yicha va boshqalar) bo’yicha ham aniqlanadi.
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish ahvolining tahlili solishtirish,
ko’rsatkichlar farqi, zanjirli bog’lanish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda ular bilan ta’minlanish darajasining umumiy o’zgarishi,
so’ngra ushbu o’zgarishga omillarning ta’siri aniqlanib, moddiy resurslar bilan
ta’minlanish darajasiga baho beriladi. Shundan so’ng moddiy resurslardan
foydalanish darajasining tahlili amalga oshiriladi.
“Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali
ifodalanadi. Bularga quyidagi nisbiy miqdorlar kiradi:

1. Moddiy resurslar qaytimi;
2. Moddiy resurslar sig’imi;
3. Moddiy resurslar rentabelligi;
4. Moddiy resurslar xarajati koeffitsienti;
5. Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi”3.
Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil
boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda
mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini
ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material
resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar
yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida
ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi.
Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil
boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda
mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini
ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material
resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar
yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida
ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi.
Korxonalarning material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni
ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar
yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so’mlik
material resurslarining mavjudligi balansda ko’rsatilgan. Korxona uchun esa
ishlab chiqarishini bir me’yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln
so’mlik material resurslari zarurligi aniqlangan. Demak, korxona uchun ularga
bo’lgan talab to’liq qondirilayotgani yo’q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo’shimcha 70 mln so’mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga,
ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo’yicha tuzilgan shartnomalarda o’z
aksini topadi. Korxonani moddiy texnika ta’minotini hal etilishi natijasida yil
davomida 50 mln so’mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning
material resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo’ladi.
( 100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, korxona material
resurslari bilan to’liq ta’minlanmagan, ya’ni, ularning miqdori 11,8 % ga kam
bo’lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish
natijasida ular bilan to’liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni
kelib chiqish sabablari o’rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy
natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali
foydalanganlik tahlili ishlarining muvaffaqiyati ko’p jihatdan uni qanday tashkil
etilganligiga va rejalashtirishga bog’liqdir. Odatda tahlil ishlarida nafaqat
korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funktsional organlari,
jamoatchilik a’zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo’ladi.


Fikrimizcha,

amaliyotda

ishlab

chiqarish

imkoniyatlaridan

samarali

foydalanish tahlili quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir:
















1. Tahlilning rejasi

va

dasturini

tuzish

bosqichi.

Iqtisodiy tahlilning


Dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu
bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o’tkazuvchi
komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi
ko’rsatib o’tiladi. Bundan tashqari bizning fikrimizcha, tahlil dasturida
quyidagilar aniq ko’rsatilgan va belgilanib olingan bo’lishi lozim:
- tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;
- tahlil ob’ektini aniqlash;
- iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
- tahlil mazmunini izohlash;
- ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;
- tahlil o’tkazish muddatini belgilab olish;
- tahlil manbalari va ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish.
2.Tahlil uchun kerakli bo’lgan manbalarni aniqlash, yig’ish hamda
hhisoblanadigan ko’rsatkichlarni belgilash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi
ishlar amalga oshiriladi:
- tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;
- tahlil manbalarini to’plash;
- qo’shimcha ma’lumotlarni jalb etish;
3. To’plangan ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirish va tahlil uchun
moslashtirish bosqichi. To’plangan manbalarni to’g’riligini tekshirish hamda
ishonchliligini aniqlashdan iborat bo’ladi va ushbu manbaalar tahlil uchun
moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:
- tahil usullarini aniqlab olish;
- ma’lumotlarni soddalashtirish;
- jadval, sxema va maketlarni tuzish;
- ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;
- rezervlarni aniqlash.
4. Bevosita xo’jalik sub’ektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda
tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo’lib, bevosita tahlil
ishlari bajariladi, ko’rsatkichlar hisoblanadi, o’zgarish sabablari va farqlar
aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- mezon ko’rsatkichlarini aniqlash;
- ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash;
- baholashda ekspertizadan foydalanish;
- natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;
- tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
5. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu
bosqichda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir
o’zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari
ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo’ladi:
- korxona faoliyati natijalarining o’zgarish sabablarini aniqlash;
- korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
- aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahhlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
6. Tahlil natijasida ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotda qo’llash shartsharoitlarini ko’rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi.
Mazkur bosqichda tahhlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona
faoliyatiga qo’llash yo’llari ko’rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan
ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotga tadbiq etishni ko’rsatib beradi va ularning
haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish tahlili natijalarini
umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o’tkazganligimizga qarab
bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o’tkazilgan joriy
tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga
tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil
turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining
buyrug’i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari
orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo’l
qo’yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan
ko’rsatilgan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni
tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko’rsatiladi.


Download 412,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish