Bog'liq AMONOVA SABOHAT Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish KURS ISHI
2.2. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar tahlili va uni mukammallashtirish yo’nalishlari Ma’lumki, tahlilda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijaviyligini qanday ekanligini aniqlash o’ta muhim ahamiyatga egadir. Korxona faoliyati natijaviyligi esa asosiy vositalar va ishlab chiqarish imkoniyatlariidan qanchalik samarali foydalanishiga bog’liq. Buning uchun esa, ishlab chiqarish imkoniyatlariidan oqilona foydalanish zarur. Chunki ishlab chiqarish imkoniyatlariidan unumli foydalanish natijasida olinadigan umumiy daromad korxonaning foydalilik darajasi va moliyaviy qobiliyatini yanada mustahkamlaydi. Ishlab chiqarish imkoniyatlariiga to’g’ri baho berishda ishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan aniq aktsiyadorlik jamiyatlari va ««Korrectmebel” MCHJ» xususiy korxonasi misolida tahlil qilindi. Bitiruv malakaviy ishida ishlab chiqarish imkoniyatlarii quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahlil qilingan: - ishlab chiqarish imkoniyatlarii holatining tahlili; - ishlab chiqarish imkoniyatlarii bilan ta’minlanganlik tahlili; - ishlab chiqarish imkoniyatlariidan foydalanish samaradorligi tahlili; - ishlab chiqarishga berilgan materiallarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga ta’sirining tahlili; - material xarajatlarga sarf me’yori va baho o’zgarishi ta’sirining tahlili. Materiallar moliyaviy hisobotlar hisoblanmish balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bilan quyidagicha bog’liqdir: - 150-satr. Ishlab chiqarish imkoniyatlari; - 160-satr. Tugallanmagan ishlab chiqarish; - 170-satr. Tayyor mahsulot. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bilan bog’liqligi: - 020-satr. Sotilgan mahsulot tannarxi; - 240,250 va 270-satrlar. Soliq bazasi, soliq summasi va sof foyda moddalari; Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek tahlilchi oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra ishlab chiqarish imkoniyatlarini yo balans moddalariga ta’siri bo’yicha, yo moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bo’yicha tahlil ishlarini amalga oshiradi. Ishlab chiqarish imkoniyatlariini balans moddalari bilan bog’liqligini ko’rib chiqamiz: Ishlab chiqarish imkoniyatlariini keltirish, sotib olish, transport xarajatlari va har bir buyurtma bilan bog’liq rasmiylashtirish xarajatlari bevosita 150-satr ishlab chiqarish imkoniyatlari qiymatiga ta’sir etadi va bu xarajatlar jamlanib balansning shu satrida ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarini mahsulot ishlab chiqarish tannarxida tarmoq xususiyatidan kelib chiqib 60-80% ni tashkil etishini ta’kidlab o’tsak, uning tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot moddalariga ta’sirini izohlab o’tirishning keragi yo’q. Ishlab chiqarish imkoniyatlarini moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalari bilan bog’liqligini ko’rib o’tamiz: Agar biz ishlab chiqarish imkoniyatlari samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni topmoqchi bo’lsak bevosita biz 020-satr va 240,250,260- satrlarda keltirib o’tilgan sotilgan maxsulot tannarxi, sof tushum va sof foyda ko’rsatkichlaridan foydalanamiz. Aynan korxonaning rentabellik ko’rsatkichlari rentabellk turlariga qarab korxona sof foydasi, sof tushum, sotilgan mahsulot tannarxi kabi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot moddalaridan foydalaniladi. Masalan korxona asosiy vositalar, aylanma aktivlar, mol-mulk xususiy kapital rentabellik ko’rsatkichlarida sof foyda, sotishga nisbatan rentabellik ko’rsatkichida sof tushum va ishlab chiqarishga nisbatan rentabellik ko’rsatkichlarida sotilgan mahsulot tannarxi moddalaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarii holatini tahlil qilishda imkoniyatlarning ma’lum sanaga mavjud hajmi, ularning tarkibi va tuzilmasini aniqlash, ularning yil davomida o’zgarishini hisoblab chiqish, imkoniyatlarning joylashtirilishini tahlil qilish kerak bo’ladi. Yuqorilarda ko’rib o’tganimizdek Ishlab chiqarish imkoniyatlarini korxonada eng optimal hajm darajasida ushlab turishga harakat qilinadi. Buning uchun eng avvalo imkoniyatlar turlari bo’yicha aniq ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Chunki aynan ishlab chiqarish imkoniyatlari turlari bo’yicha qancha miqdorda imkoniyat kerak bo’lishi aniqlab olinadi. Biz ishlab chiqarish imkoniyatlarining holati va ulardan foydalanish darajasini ko’proq ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga nisbatan o’rganamiz. ishlab chiqarish imkoniyatlaridan noishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari jarayonlarda foydalanishni esa korxona sarflarining alohida tarkib qatorida qaraladi. Ishlab chiqarish omillarining bir ko’rsatkichi bo’lgan materiallarning
cheklanganligi, avvalo ulardan samarali va to’g’ri foydalanishni talab etadi. Shuning uchun korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan qay darajada ta’minlanganligi va ulardan qanchalik samarali foydalanayotganligiga katta e’tibor qaratish lozim. ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish darajasini ko’proq ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga nisbatan o’rganar ekanmiz avvvalo material xarajatlarga sarf me’yori va baho o’zgarishining ta’sirini o’rganib chiqishimiz lozim. Material xarajatlar mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi o’zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Shu sababli ularning o’zgarishini o’rganishda, albatta, o’zaro aloqadorlik darajasiga ham ahamiyat berish talab etiladi. Bunda har bir so’mlik mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan yoki ishlab chiqarish xarajatlarining material sig’imi ko’rsatkichlariga muhim e’tibor berilishi lozim. Mahsulot hajmining o’sishi bilan birga o’zgaruvchan xarajatlar bilan bir qatorda, doimiy xarajatlar ulushi ham o’zgarib boradi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, ushbu kurs ishimdagi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish tahlili va auditi bo’yicha yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir. Korxonada ishlab chiqarish imkoniyatlaridan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa, ishlab chiqarish imkoniyatlarining holati va ulardan foydalanish taxlilining o’tkazilish ketmaketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak, ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanish tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - korxona, birlashmalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash; - ishlab chiqarish imkoniyatlarini korxonaga etkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, sortliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash; - ishlab chiqarish imkoniyatlarini etkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash; - moddiy texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga yaqinligini tekshirish; - transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash; - ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jihatdan hisoblash; - muhim samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini omilli tahlil qilish; - ishlab chiqarish imkoniyatlari aylanuvchanligini o’rganish; - ishlab chiqarish imkoniyatlariga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar. Har bir korxona ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish imkoniyatlarini tashkil qiladi va uni rejali ravishda to’ldirib boradi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmining o’sib borishi bilan ishlab chiqarish imkoniyatlarining saqlanishini ratsional tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni to’la ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifalarning hal etilishida har bir xo’jalikda zarur nazorat ishlarini omilkorlik bilan tashkil qilish orqali erishish mumkin. Tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar korxona moddiy texnika ta’minoti rejasi, xom ashyo va materiallar bo’yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni sarflanishi bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish tahlilining ma’lumot manbalari sifatida dastavval, balansning «Ishlab chiqarish imkoniyatlari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160- satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari ma’lumotlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlarini qanday va qaysi ko’rsatkichlari bilan tahlil qilish eng avvalo tahlilchining oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadi. Agar tahlil materiallar bilan qanday ta’minlanganlik va normativlarga rioya qilinayotganligini tahlili qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, u holda tahlilchi korxonaning materiallar tarkibiy tuzilishi, ularning shakllanish manbalarini va ular bilan korxona qanchalik ta’minlanganligini analiz qiladi. Agar materiallar samaradorligini bilmoqchi bo’lsa, u holda material sig’imi, material qaytimi ko’rsatkichlarini, material qiymatliklarning moliyaviy natijalarga ta’sirini o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Materiallar bilan ta’minlanganlik va samaradorlik taxlilini o’tkazish uchun taxlilchi materiallarni moliyaviy hisobot moddalari bilan qanday bog’liqligini bilishi kerak. Ishlab chiqarish imkoniyatlariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, materiallardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlari ifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi. Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Bularga quyidagi nisbiy miqdorlar kiradi: 1. Moddiy resurslar qaytimi; 2. Moddiy resurslar sig’imi; 3. Moddiy resurslar rentabelligi; 4. Moddiy resurslar xarajati koeffitsienti; 5. Sarflangan moddiy resurslarning tannarxdagi hissasi. Korxonalarning o’zlaridagi mavjud bo’lgan material resurslarining yil boshiga bo’lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo’lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta’minlash uchun etarli bo’lmagan holarda korxonalarni zarur bo’lgan material resurslari bilan ta’minlash borasidagi shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan. Korxonalarga sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida ularning material resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi ortib boradi. Korxonalarning material resurslari bilan ta’minlanganligini hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Kurs ishida ishlab chiqarish imkoniyatlarii quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahlil qilingan: - ishlab chiqarish imkoniyatlarii holatining tahlili; - ishlab chiqarish imkoniyatlarii bilan ta’minlanganlik tahlili; - ishlab chiqarish imkoniyatlariidan foydalanish samaradorligi tahlili; - ishlab chiqarishga berilgan materiallarning ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxiga ta’sirining tahlili; - material xarajatlarga sarf me’yori va baho o’zgarishi ta’sirining tahlili. Ishlab chiqarish imkoniyatlarilardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yaratilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo’shimcha mahsulot barpo etilganligini aniqlash bo’lib hisoblanadi. Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin: - korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me’yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi; - erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi; - moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo’yicha ko’zlangan xarajat me’yoriga taqsimlanadi.